Линклар

Шошилинч хабар
20 октябр 2020, Тошкент вақти: 09:13

Toshkentda daraxtzor kesilgani uchun mulozimlar 2 milliard so‘m jarima to‘ladi


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy ko‘chasida joylashgan daraxtzorni kesib tashlanishiga mas’ul shaxslardan 1 milliard 891 ming 300 so‘m jarima undirildi.

Prokuratura daraxtlarni kesishga ruxsat bergan Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari va qurilish kompaniyasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Ozodlik Yakkasaroydagi daraxtlar kesib tashlangani haqida 21 fevral kuni xabar qilgan edi.

O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu daraxtzorni kesganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlardan jarima undirilgan.

Qo‘mita hisob-kitobicha, «Building And Supplies» MChJ tomonidan jami 81 ta daraxt kesilgan. Kesilgan daraxtlar o‘rnida mazkur kompaniya turar-joy qurishni rejalashtirgan.

21 fevral kuni Davlat qo‘mitasi daraxtlar kesilishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qilgan.

22 fevral kuni shahar prokuraturasi maxsus ishchi guruh tuzib, daraxtlar kesilishi holatini o‘z nazoratiga olgan.

23 fevral kuni esa «Building And Supplies» shirkati daraxtlarni qonunga zid ravishda kesgani aniqlanib, ularga nisbatan 1 milliard 891 ming 300 so‘m jarima solingan.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kesilgan daraxtlar o‘rniga yangi nihollar ekilmoqda.

O‘zbekistonda prezident farmoni bilan 2019 yil 1 noyabridan 2020 yil 31 dekabrigacha daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etilgani haqida Ozodlik avval xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG