Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:40

RAEX-Europe O‘zbekistonni qarzini qaytarishga layoqatli davlat deb topdi


Raex Europe O‘zbekiston kredit reytingi haqida 3 aprel kuni taqdimot marosimi o‘tkazadi.
Raex Europe O‘zbekiston kredit reytingi haqida 3 aprel kuni taqdimot marosimi o‘tkazadi.

RAEX-Europe reyting agentligi O‘zbekiston suveren hukumati reytingini «BB-» darajasida qoldirishga qaror qildi.

Bu reyting esa hukumat xorij valyutasida olgan qarzini qaytarishga layoqatli¸ degan xulosani anglatadi.

Agentlik bayonotida yozilishicha¸ O‘zbekiston hukumatining reyting prognozi barqaror va bu ayni reyting bahosining o‘rta muddatda saqlanib qolish ehtimoli baland demakdir.

«O‘zbekiston reytingining BB- darajasida saqlanib qolishi iqtisodiy o‘sishning tezlashgani, davlat qarzi va defitsitning maqbul darajada qolayotgani va iqtisoddagi strukturaviy islohotlarning davom etayotgani bilan izohlanadi. Bank sektoridagi barqarorlik ham reyting saqlanib qolishiga hissa qo‘shdi”¸ deyiladi RAEX-Europe matbuot xizmati Ozodlikka taqdim etgan bildiruvda.

Ayni paytda agentlik¸ davlat qarzi va defitsitining oshib borayotgani¸ inflyatsiya darajasining balandligi¸ valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va dollarlashuvning yuqoriligini O‘zbekiston hukumati reytingini cheklayotganini ta’kidlagan.

Aholi farovonligi darajasining oshishiga qaramay¸ institutsional rivojlanish¸ hukumat yashirin majbiyatlarining kattaligi¸ shuningdek¸ pul-kredit va soliq-byudjet siyosati samarasining cheklanganicha qolayotgani O‘zbekiston hukumati reytingi oshishiga to‘sqinlik qilmoqda”¸ deydi RAEX-Europe direktor yordamchisi Vladimir Gorchakov.

Agentlikning O‘zbekiston kredit reytingi o‘zgarishsiz qolganiga oid rasmiy taqdimoti 3 aprel kuni Frankfurtdagi O‘zbekiston konsulligi binosida o‘tkaziladi.

Taqdimotda Yevropa moliya tizimlari va banklari vakillari¸ shuningdek O‘zbekiston davlat amaldorlarining qatnashishi kutilmoqda

Suveren hukumat reytingi¸ berilgan izohga ko‘ra¸ RAEX-Europe reyting agentligining u yoki bu hukumatning o‘z zimmasiga olgan joriy va kelgusidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olish layoqatiga bergan bahosidir.

Rating-Agentur Expert RA GmbH (RAEX-Europe) Germaniya moliyaviy markazi hisoblangan Frankfurt -Mayn shahrida joylashgan mustaqil Yevropa reyting agentligidir.

20 yildan beri reyting sohasida ishlayotgan bu agentlik qimmatbaho qog‘ozlar va bozorlar bo‘yicha Yevropa regulyatori akkreditatsiyasi va hukumatlarning kredit layoqatiga rasmiy baho berish vakolatiga ega.

O‘zbekiston tashqi qarzi oshib bormoqda

Agentlik O‘zbekiston hukumati kredit reytingi ko‘tarilishiga to‘siq bo‘layotgan omillardan biri sifatida davlat qarzining oshib borayotganini qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng Toshkent hukumatining davlat kafolati bilan xorij moliya tizimlari va banklardan olayotgan qarzi miqdori kamida ikki baravarga oshdi.

Xorijiy moliya tizimlari hisob-kitobicha¸ 2016 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10¸4 foizini tashkil qilgan bo‘lsa¸ 2018 yili bu ko‘rsatkich¸ YaIMning 24 foiziga yetgan.

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilgan raqamlarga ko‘ra¸ mamlakatning jami tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 4,2 mlrd dollar yoki 24 foizga o‘sib, 1 oktabr holatida 21,5 mlrd dollarni tashkil etgan.

Rasmiy bayonotda yozilishicha¸ jami tashqi qarzning 13,8 mlrd dollari davlat sektori¸ qolgan 7,7 mlrd dollari esa xususiy tashqi qarz hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG