Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:03

JSSTning koronavirus bo‘yicha maslahatlari: biz bilmagan narsalar


JSST ramzi. Tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohida 2020 yilning 9 martida olingan surat.
JSST ramzi. Tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohida 2020 yilning 9 martida olingan surat.

O‘zingizni yangi koronavirusdan himoya qilishning eng yaxshi usuli qo‘llaringizni spirtli salfetka bilan tez-tez artish yoki ularni sovunlab, suvda yuvib turishdir.

Bu tavsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq ba’zi muhim savollarga javoblarida takror-takror kelaveradi.

E’tiboringizga JSST o‘z rasmiy saytida e’lon qilingan maslahatlarni havola qilamiz.

COVID-19 virusi issiq va nam sharoitlarda odamdan odamga yuqadi

Shu paytgacha to‘plangan isbotlardan ma’lumki, COVID-19 BARChA JOYLARDA, jumladan, issiq va nam ob-havoda ham yuqishi mumkin. Iqlimdan qat’i nazar, COVID-19 tarqalgani xabar qilingan hududda yashasangiz yoki o‘sha joyga safar qilsangiz, himoya choralarini ko‘ring. O‘zingizni COVID-19 dan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li qo‘llarinizni tez-tez tozalab turishdir. Shu tariqa qo‘llaringizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan viruslarni yo‘q qilasiz va so‘ngra ko‘zlaringiz, og‘zingiz va burningizga qo‘l tekkizish bilan yuqishi mumkin bo‘lgan virusdan xalos bo‘lasiz.

Sovuq ob-havo bilan qor koronavirusni o‘ldira olmaydi

Sovuq ob-havo yangi koronavirus yoki boshqa kasalliklarni daf qilishiga ishonish uchun asos yo‘q. Inson tanasining odatiy harorati tashqi harorat yoki ob-havo qanday bo‘lmasin, 36.5°C – 37°C daraja bo‘lib qolaveradi. O‘zingizni yangi koronavirusdan himoya qilishning eng yaxshi usuli qo‘llaringizni spirtli salfetka bilan tez-tez artish yoki ularni sovunlab, suvda yuvib turishdir.

Issiq dush qabul qilish yangi koronavirus kasalligi oldini ola olmaydi

Issiq dush qabul qilish COVID-19 kasalligini yuqtirishning oldini olmaydi. Vanna yoki dushdagi harorat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, tana haroratingiz 36.5°C – 37°C bo‘lib qolaveradi. Aslida o‘ta issiq suv bilan issiq vanna qabul qilish zararli bo‘lishi, badaningizni kuydirishi mumkin. O‘zingizni COVID-19 dan himoya qilishning eng yaxshi usuli qo‘llaringizni tez-tez tozalab turishdir. Shu tariqa qo‘llaringizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan viruslarni yo‘q qilasiz, so‘ngra ko‘zlaringiz, og‘zingiz va burningizga qo‘l tekkizish bilan yuqishi mumkin bo‘lgan virusdan xalos bo‘lasiz.

Yangi koronavirus pashsha chaqishi orqali yuqishi mumkin EMAS

Shu paytgacha yangi koronavirus pashsha chaqishi orqali yuqishi mumkin deb taxmin qilish uchun na biror ma’lumot va na biror isbot topilgani yo‘q. Yangi koronavirus nafas yo‘llarini zararlaydigan virus bo‘lib, asosan, virus yuqtirgan kishi yo‘talganda yoki aksirganda, yoki tupuk tomchisi va burun ajralmalari singari tomchilar yordamida tarqaladi. O‘zingizni yangi koronavirusdan himoya qilish uchun qo‘llaringizni spirtli salfetka bilan tez-tez arting yoki ularni sovunlab, suvda yuving. Yana yo‘talayotgan va aksirayotgan kishilarga juda yaqin bora ko‘rmang.

Qo‘lni qurituvchi vositalar yangi koronavirusni o‘ldiradimi?

Yo‘q. Qo‘lni qurituvchi vositalar 2019-nCoVni yo‘q qilishda samara bermaydi. O‘zingizni yangi koronavirusdan himoya qilish uchun qo‘llaringizni spirtli salfetka bilan tez-tez artishingiz yoki ularni sovunlab, suvda yuvishingiz kerak bo‘ladi. Qo‘llaringizni toza bo‘lgandan so‘ng qog‘oz sochiq yoki issiq havo quritgich bilan yaxshilab quritishingiz kerak bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurli dezinfeksiya chirog‘i yangi koronavirusni o‘ldiradimi?

UB nurli chiroqlardan qo‘llarni yoki terining boshqa joylarini sterillash uchun foydalanilmaydi, chunki UB radiatsiyasi teri qichishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangi koronavirusni yuqtirib olgan kishilarni aniqlashda issiqlik skanerlari qanchalik foyda beradi?

Issiqlik skanerlari yangi koronavirusni yuqtirib olgani sababli isitmalayotgan (ya’ni odatdagidan ko‘ra yuqori tana harorati bor) kishilarni aniqlashda foyda beradi.

Ular virus yuqtirgan, biroq hali isitmalamayotgan kishilarni aniqlay olmaydi. Chunki virusni yuqtirgan kishilar kasallanishi va isitmalashi uchun oradan 2 – 10 kun o‘tishi kerak bo‘ladi.

Butun tanangizga spirt yoki xlor sepish yangi koronavirusni o‘ldiradimi?

Yo‘q. Spirt yoki xlorni butun tanangizga sepish unga kirib bo‘lgan viruslarni o‘ldira olmaydi. Bunday moddalarni sepish kiyimlarga va yoki shilliq qavatlarga (masalan, ko‘zlar, og‘iz) zarar yetkazishi mumkin. Spirt bilan xlor yuzalarni dezinfeksiyalashda foyda berishi mumkinligi, biroq ulardan tegishli tavsiyalarga ko‘ra foydalanish kerakligidan ogoh bo‘ling.

Zotiljamga (pnevmoniya) qarshi vaksinalar sizni yangi koronavirusdan himoya qilishi mumkinmi?

Yo‘q. Pnevmokokka qarshi va gemofil gripp tayoqchalariga (Hib) qarshi V turdagi, ya’ni zotiljamga qarshi vaksinalar (emdorilar) yangi koronavirusdan himoyalay olmaydi.

Virus shunchalik yangi va boshqachaki, uning o‘zi uchun alohida emdori kerak. Tadqiqotchilar 2019-nCoVga qarshi emdori ishlab chiqishga harakat qilmoqda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ularning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Garchi ushbu emdorilar 2019-nCoVga qarshi foyda bermasa-da, salomatligingizni muhofaza qilish uchun nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi emlash qattiq tavsiya etiladi.

Burunni doimiy tarzda tuzli eritma bilan chayib turish yangi koronavirus yuqishining oldini olishda yordam beradimi?

Yo‘q. Burunni doimiy tarzda tuzli eritma bilan chayib turish yangi koronavirus yuqishidan himoya qilgani bilan bog‘liq birorta isbot yo‘q.

Burunni doimiy tarzda tuzli eritma bilan chayib turish odamlarga oddiy shamollashdan tuzalishda yordam bergani bilan bog‘liq cheklangan isbotlar mavjud. Biroq burunni doimiy tarzda chayib turish nafas yo‘llariga infeksiya tushishi oldini olishi isbotlangani yo‘q.

Sarimsoq piyozni yeb turish yangi koronavirus infeksiyasi tushishi oldini olishi mumkinmi?

Sarimsoq salomatlikka esh bo‘luvchi sabzavot bo‘lib, mikroblarga qarshilik ko‘rsatuvchi xususiyati bor. Biroq ayni paytda tarqalayotgan koronavirus kasalligidan odamlarni himoya qilgani haqida hech qanday isbot yo‘q.

Yangi koronavirus keksa kishilarga ta’sir ko‘rsatadimi yoki yoshlar ham uning ta’siriga moyilmi?

Barcha yoshdagi kishilar yangi koronavirusni (2019-nCoV) yuqtirib olishi mumkin. Keksalar va ilgari kasalliklarga (ko‘ksov (astma), diabet, yurak-qontomir kasalligi) chalingan kishilarning virus sabab og‘ir kasallikka chalinish ehtimoli katta.

JSST barcha yoshdagi kishilarga, masalan, qo‘l gigiyenasi va nafas olish yo‘llari gigiyenasiga qattiq rioya etish bilan o‘zini virusdan himoya qilishni maslahat beradi.

Yangi koronavirusning oldini olish va uni davolashda antibiotiklar foyda beradimi?

Yo‘q, antibiotiklar faqat bakteriyalarga qarshi kurashda foyda beradi, viruslarga qarshi ular foydasiz.

Yangi koronavirus (2019-nCoV) virusdir, shuning uchun antibiotiklardan uning oldini olish yoki davolashda foydalanib bo‘lmaydi.

Ammo siz 2019-nCoV yuqtirganingiz uchun shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsangiz, bakteriya infeksiyasi ham tushishi ehtimoli borligi sabab antibiotiklar olishingiz mumkin.

Yangi koronavirusning oldini oladigan yoki davolaydigan alohida dori-darmon bormi?

Shu kungacha yangi koronavirus (2019-nCoV) yuqishi oldini oladigan yoki davolaydigan alohida dorining o‘zi yo‘q.

Biroq virus yuqtirgan kishilar uning alomatlarini yengillatish va davolash uchun tegishli parvarish olishi mumkin, og‘ir kasallikka chalingan kishilar esa maqbullashtirilgan qo‘llab-quvvatlovchi parvarish olishi shart. Ayrim muayyan davolash usullari o‘rganish bosqichida bo‘lib, klinik sinovlar jarayonida tekshirib ko‘riladi. JSST bir qancha tashkilotlar va hamkorlarga tadqiqot va ishlanmalarni tezlashtirishga yordam bermoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG