Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:23

Mulozimlar: Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi karantin rejimini buzmoqda! (HUJJAT)


O‘ktam Barnoyev 28 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘ktam Barnoyev 28 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

27 mart kuni Ozodlikka O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning “viloyat hokimliklari¸ vazirlik rahbarlari”ga yuborilgan “Telegramma”si nusxasi yuborildi.

27 mart kuni tarqatilgan bu rasmiy bildiruvga ko‘ra¸ Bosh vazir o‘rinbosari 28 mart kuni tonggi soat 7 da (ish vaqtidan oldin – tahr.) qishloq xo‘jalik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi chaqirgan.

Hukumat nomidan yuborilgan Telegramma.
Hukumat nomidan yuborilgan Telegramma.

Ikki sahifalik Telegrammaga ilova qilingan uch betlik ro‘yxatdan Barnoyev studiyalarda shaxsan qatnashishini shart qilib belgilaganlar sonining yana yuzlardan oshishi anglashiladi.

Bu telegramma¸ prezident Mirziyoyev koronavirusga oid so‘nggi vaziyat haqida xalqqa murojaat qilib¸ hukumat mulozimlarini “epidemilogik vaziyat” uchun shaxsan javobgarligidan ogohlantirishi ertasiga jo‘natilgan.

Majlisga qatnashishi shart qilingan mulozimlar hukumat tepasida o‘tirganlarning o‘zini vaziyatning jiddiyligini tushunmayotganlik va bunday majlislar bilan jamoat salomatligiga tahdid solayotganlikda aybladi.

Bosh vazir o‘rinbosari “karantinni tan olmaydimi”?

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vazirliklar rahbarlari va viloyat hokimlariga yuborgan Telegramma nusxasini¸ shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan hukumat mulozimlaridan biri Ozodlikka taqdim etdi.

Ўктам Барноев юборган шошилинч Телеграмма нусхаси.

O‘zbekistonda¸ bir tomondan¸ koronavirus tarqashi oldini olishga qaratilgan keskin choralar ko‘rilmoqda¸ qancha odam o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib¸ infeksiyani to‘xtatish uchun tinimsiz ishlayapti; prezident vaziyat jiddiyligini aytyapti. Ikkinchi tomondan¸ hukumat tepasida o‘tirganlarning o‘zi karantinga oid hamma tartib-qoidalarni o‘zlari buzyapti. O‘ng qo‘l qilayotgan ishni¸ chap qo‘l buzayapti. Qishloq xo‘jalik ishlari muhim¸ lekin hozirgi vaziyatda pandemiyani to‘xtatish undanda muhimroqligini tushunmayapti Barnoyevga o‘xshaganlar. Qanaqadir xaos bo‘lyapti”¸ deb izohladi joriy vaziyatni bu mulozim.

Roppa-rosa bir oy oldin Buxoro viloyati hokimligidan Bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘tarilgan O‘ktam Barnoyev¸ Ozodlik gaplashgan mulozimlar ta’kidicha¸ ishchi guruh tuzib¸ ularni ayni kunlarda viloyatma-viloyat yurishga ham majburlamoqda.

Ishchi guruh xodimlari vertolyotlarda viloyatma-viloyat yurib¸ majlis o‘tkazyapti. Ulardan bittasida virus bo‘lsa¸ uning tarqalish ko‘lami qanaqa bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ring endi”¸ deydi hukumat mulozimi.

Pandemiya davridagi keng ko‘lamli majlis chaqirilishi buyrug‘i ostiga Bosh vazir o‘rinbosari imzo qo‘ygan.
Pandemiya davridagi keng ko‘lamli majlis chaqirilishi buyrug‘i ostiga Bosh vazir o‘rinbosari imzo qo‘ygan.

Prezident davlat va nodavlat tashkilotlari ishini masovafiy formatga o‘tkazishni buyurgan bir paytda¸ Ozodlik gaplashgan viloyat va respublika darajasida rasmiylar¸ hozircha majlisbozlikning eski uslubda davom etayotganini ta’kidlamoqda.

“Telegramma matniga¸ uning ilovasiga qarang. Uydan onlayn tarzda qatnashish haqida gap yo‘q. Hamma chaqirtirilganlar katta majlislar zali va studiyalarda shaxsan bo‘lishi shart. Bundan tashqari¸ chaqirtirilganlar orasida qishloq xo‘jaligiga umuman aloqasi yo‘q tizimlar rahbar va xodimlari bor. Borib turgan absurd bu".

27 mart kuni Ozodlikka Andijon hokimiyat tizimida ishlovchi mulozimlardan biri Barnoyev chaqirtirgan majlisga qatnashish haqida viloyat hokimligi tomonidan yuborilgan "Xabarnoma" nusxasini yubordi.

Bosh vazir o‘rinbosari viloyat hokimligiga¸ viloyat hokimligi esa¸ tuman hokimlariga buyruq yubordi.
Bosh vazir o‘rinbosari viloyat hokimligiga¸ viloyat hokimligi esa¸ tuman hokimlariga buyruq yubordi.

Tuman hokimlariga yuborilgan buyrug‘iga viloyat hokimi o‘rinbosari studiyalarda kimlar shaxsan hozir bo‘lishi shartligini ilova qilgan.

26 mart kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash vaziyati haqida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda joriy etilgan karantin rejimini buzganlik oqibatlari og‘ir bo‘lishidan ogohlantirdi.

- Viloyat, shahar va tuman, 4 ta sektor rahbarlarining epidemiologik osoyishtalik uchun shaxsiy javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantiraman. Sizlar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, karantin rejimini buzishning barcha salbiy oqibatlarini aholiga tushuntirish bo‘yicha tunu kun ishlashingiz shart.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida parlamentimiz qabul qilgan qonunni imzoladim. Ushbu qonunga asosan, bundan buyon karantin davrida atrofidagi insonlarning sog‘lig‘i va hayotini xavf ostiga qo‘yganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi¸ dedi prezident jumladan.

Ozodlikka bevosita hukumat boshqaruviga aloqador mulozimlardan kelayotgan xabar va hujjatlardan¸ pandemiya davrida ham yuzlab odamni to‘plab¸ majlis o‘tkazish amaliyotining to‘xtamayotgani ko‘riladi.

XS
SM
MD
LG