Линклар

Шошилинч хабар
28 октябр 2020, Тошкент вақти: 23:09

OzodTarmoq: Bugun Qodiriy tug‘ilgan kun...


"O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari muallifi Stalin qatag‘onlari qurboni bo‘lgan. Adibning 1938 yili turmada olingan surati.

OzodTarmoqning bugungi sonida taniqli bloger Aziza Umar o‘z Telegram-sahifasida e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilyapmiz. Matn tahrirsiz berilmoqda.

Stilistika va imlo muallifniki.

***

Bugun 10 aprel, o‘zbek romanchiligining asoschisi, buyuk Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

1937 yilning 31 dekabrida bir guruh yozuvchilarning «xalq dushmani» degan tuhmati bilan qamoqqa olingan.

1938 yilning 4 oktabrida otib o‘ldirilgan, o‘limidan so‘ng oqlanib, ramziy qabri Toshkentning Kamolon qabristonida o‘rnatilgan.

Hukumatimizning buyuk yozuvchi nomini abaliylashtirish borasidagi sa’y-harakatlari, uning nomiga xiyobon barpo etib, haykal o‘rnatganiga guvoh bo‘lish meni benixoyat shodlantiradi.

Bosma axborot vositalari so‘nggi yillarda Qodiriy qalamiga mansub asarlarni tez-tez tahlil qildirib, qayta nashr ettirish, arab, ingliz tillariga tarjimalarini e’lon qilish bilan ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi.

1926 yilda nashr etilgan «O'tkan kunlar» romanini darhol o‘qishga kirishing!

Qodiriy otuvga hukm qilingandan so‘ng, kimning uyidan shu kitob chiqsa, albatta qamoqqa olingan. Kitob va uning muallifi 1957 yilgacha ta’qiq ostida edi.

Abdulla Qodiriyning adabiyotga qo‘shgan yana bir hissasini eslatib o‘tishni joiz deb bildim.

1925-1926 yillarda adib «Mushtum» hajviy jurnalida faoliyat yuritardi. Yozuvchining hazil-mutoyibaga moyilligi turmushdagi bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida satirik hikoyalar, felyetonlar yozishida kumak bergan. Keyinroq, shu felyeton va hikoyalar
Uning achchiq qismatini belgilashda o‘rin tutadi.

Tog‘ning ulkanligini bilmokchi bo‘lsangiz, unga ancha naridan turib nazar soling, xuddi shu iborani buyuk insonlarning shaxsiyatiga baho berishda ham ishlatish mumkin.

Izzat Sulton, Kodiriy biografiyasini tayyorlash jarayonida shunday deb yozgan edi - "Qodiriy shaxsining buyukligini ko‘ra olish, his qilish, adib ijodiyotining qirralarini namoyon qilishga kirishgan odam uchun yarim asr vaqt ketadi".

Bu satrlar yozilgan vaqt, 1989 yil, mamlakatda qayta qurish davri edi.

Tushimga kiradi Kodiriy bobom,
Bemador, bemajol, bexol, beorom.
Egniga eski bir tun kiyib olgan,
(Shineldir balki u, kimdandir kolgan)...

~Muxammad Yusuf~

Aziza Umar

***

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

XS
SM
MD
LG