Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:41

Bosh vazir qaroridan so‘ng un savdosi monopoliyaga aylandi. Butun boshli tumanlarda un tarqatish bitta shaxsga berildi


Arzonlashtirilgan o‘zbek unini olish uchun¸ karantin va ijtimoiy masofalanish talablariga qaramay¸ yuzlab odam to‘planmoqda.
Arzonlashtirilgan o‘zbek unini olish uchun¸ karantin va ijtimoiy masofalanish talablariga qaramay¸ yuzlab odam to‘planmoqda.

Bosh vazir Abdulla Aripov 15 aprel kuni o‘tkazgan yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi sharoitida “respublika aholisiga davlat resurslari hisobidan un mahsulotlarini tizimli va kafolatli yetkazib berish chora-tadbirlari” belgilandi.

Bu tadbirlar doirasida respublika un zavodlarining o‘z mahsulotini erkin ravishda birjada sotishi to‘xtatildi.

Buning o‘rniga hokimliklar tuzgan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tadbirkorlarga un zavodlaridan arzonlashtirilgan unni olib¸ uni aholiga o‘z xizmat haqini qo‘shgan holda tarqatish tizimi joriy etildi. Bu ro‘yxatga kirish¸ mazkur sohada biznes yuritib kelgan tadbirkor uchun hayot-mamot masalasiga aylandi.

Avvallari birjadan un olib¸ uni sotib kelgan tadbirkorlar¸ hokimliklar eshigi oldida tizilib¸ o‘zlarining rasmiy ro‘yxatga kiritilishini so‘ray boshladi. Ammo bu imtiyoz ba’zi rayonlarda 4-5 shirkat egasiga berilgan bo‘lsa¸ Xatirchi va Uchquduq kabi tumanlarda faqat bitta – mahalliy hokimlarga yaqin tadbirkorlarga berildi.

Navoiy viloyati¸ qolaversa Xatirchi tuman hokimligi mulozimlari bunday monopoliya imtiyozi haqida mahalliy tadbirkorlar Ozodlikka bildirgan e’tirozlarga javob berishni istamadi.

“O‘zdonmahsulot” boshqaruv tizimiga aloqador mulozim esa¸ Bosh vazir qaroridan keyin zavoddan unni qaysi tadbirkor olishini faqat hokimliklar belgilashi¸ kompaniyaning bu jarayonga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

200 ming aholisi bor Xatirchida arzon unni olib-sotish vakolati faqat bir tadbirkorga berildi

Hokimlik bosimidan qo‘rqqan xatirchilik tadbirkorlardan biri Ozodlik bilan suhbatda ikki yildan beri birjadan un olib¸ uni sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytadi. Ayni paytda tadbirkor¸ kichik novvoyxona ochib¸ biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Bosh vazirning 15 aprel kungi qaroridan so‘ng¸ u kabi tadbirkorlarning birjadan un sotib olishi vaqtincha to‘xtatildi. Davlat hisobidan arzonlashtirilgan bahoda chiqariladigan unni zavoddan olib-sotish huquqi butun tuman bo‘yicha bitta tadbirkor – Alisher Hamroyevning “Oltinsoy savdo” MChJsiga berildi.

Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Hasanov qo‘l qo‘ygan ro‘yxatning Ozodlikka yuborilgan nusxasi¸ bu ma’lumotni tasdiqlaydi.

Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari tasdiqlagan imtiyozli unchi tadbirkorlar ro‘yxati.
Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari tasdiqlagan imtiyozli unchi tadbirkorlar ro‘yxati.

Unda aholisi 38 mingga yaqin bo‘lgan Uchquduq tumanida ham¸ aholisi 200mingga yaqinlashgan Xatirchi tumanida ham “Navoiydonmahsulot” AJsidan hukumat belgilagan narxda un olish huquqining bittadan MChJga berilgani ko‘riladi.

- Navoiy viloyatining boshqa tumanlarida un savdosi tadbirkorlari bir nechta. Lekin bizning Xatirchi tumanida bitta faqat Alisher Hamroyev. Tuman hudud katta¸ tog‘li-dashtli joy. Ba’zi qishloqlar markazdan 70 km. masofada. Un olib tarqatishni qancha ko‘p tadbirkorga bersa¸ shuncha yaxshimasmi. Hozir un ustida to‘polon bo‘lib yotipti. Nega faqat bitta tadbirkorga berilganini qanday tushunishni bilolmay qoldik. Hamroyevni ro‘yxatga Xatirchi tuman hokimligi kiritgan. Hokimlikdan so‘rasam¸ siz yangi tadbirkorsiz¸ bu vakolatni eskilarga beramiz¸ dedi. Lekin eskilardan ham boshqa hech kim kiritilmadi. Mening hozir na savdom bor¸ na novvoyxonam. Un yo‘qligidan ikkalasi ham to‘xtab qoldi¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda ro‘yxatga kiritilmagan tadbirkorlardan biri.

O‘zini Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Hasanov yordamchisi deb tanishtirgan mulozim¸ viloyatdagi “Navoiydonmahsulot” va "Qiziltepa un zavodi"dan chiqayotgan unning Bosh vazir belgilagan narxda maxsus ro‘yxatdagi tadbirkorlarga tarqatilayotganini tasdiqladi.

Bu ro‘yxatning qaysi mezon orqali tuzilgani¸ unga kiritilgan tadbirkorlar qanday tanlangani¸ bu ro‘yxatga kirishda korrupsiya va tanish-bilishchilik bo‘layotgani haqidagi tanqidlarga javob so‘ralganda mulozim¸ ularga yarim soatdan keyin batafsil javob berilishini bildirdi.

Ammo bu va’dadan so‘ng 24 aprel kuni qilingan o‘nlab telefon qo‘ng‘iroqlariga Hasanov yordamchisi javob bermadi.

Xatirchi tuman hokimligi mulozimlari ham 200 ming aholiga karantin paytida arzon unni olib-sotishning faqat bitta tadbirkorga berilgani sababini izohlashni istamadi.

Unning erkin savdodan olinish sababi nima?

O‘zbekiston aholisining aksariyati hukumat joriy qilgan karantin davrida uyidan chiqmay o‘tirgani bois¸ ayniqsa¸ kambag‘al qatlamning asosiy yeguligi bo‘lgan non uchun zarur arzon unga talab kuchayib ketdi.

Karantin davrida un narxi oshishini to‘xtatish maqsadida hukumat "O‘zdonmahsulot" zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahalliy un narxini belgilab berdi.

(Qozog‘istondan import qilinadigan un narxining bozorlarda keskin ko‘tarilib ketgani aytilmoqda.)

15 aprel kuni yig‘ilish qaroriga ko‘ra¸ "O‘zdonmahsulot" AK tarkibidagi donni qayta ishlash korxonalari tomonidan barcha toifadagi iste’molchilarga 1 kg. oliy navli un - 3619 so‘m, 1-navli un - 2485 so‘m, 2-navli un - 2550 so‘mdan sotilishi shart qilindi. Bu narxlar ustidan nazorat o‘rnatish Davlat soliq qo‘mitasi va Bosh prokuraturaga¸ umumiy jarayon esa¸ Davlat xavfsizlik xizmati nazoratiga topshirildi.

15 апрель кунги ҳукумат йиғилиши Баëни

Davlatga qarashli “O‘zdonmahsulot” AK mutasaddilaridan biri 24 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda¸ respublikadagi un zavodlarining karantingacha bo‘lgan quvvatda ishlayotgani¸ un taqchilligi muammosi yo‘qligini iddao qildi.

Unning birjadagi erkin savdodan olinib¸ faqat hokimliklar tanlagan tadbirkorlar orqali aholiga sotilishini¸ bu mulozim¸ karantin davrida aholiga qulaylik yaratish¸ tadbirkorlarning narxni ko‘tarishi oldini olish uchun qilingan chora sifatida izohladi.

- Bu ro‘yxatga qaysi tadbirkorning¸ qaysi talab bilan kiritilayotganidan bexabarmiz. Bu ro‘yxatni hokimliklar tuzayapti. Korrupsiya bo‘layotgan bo‘lsa¸ hokimliklar javob bersin¸ dedi o‘zini tanishtirmagan “O‘zdonmahsulot” mulozimi.

Un sotishni DXX nazoratiga topshirish ajiotajni kamaytirmadi

15 aprel kungi hukumat majlisi bayonida yozilishicha¸ aholini davlat resurslari hisobidan arzonlashtirilgan un bilan ta’minlash tizimiga jalb etilgan barcha idoralar faoliyati ustidan DXX nazorati o‘rnatilgan.

"Mazkur vaqtinchalik tartib ijrosini ta’minlashga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar Davlat xavfsizlik xizmatiga so‘ralgan ma’lumotlarni takdim etib boradi"¸ deyiladi jumladan rasmiy bayonda.

Ozodlikka keyingi kunlarda kelayotgan videoxabarlardan hukumat qaroridan so‘ng aholiga davlat belgilagan narxda un yetkazib berishning tizimli ta’minlanmayotganini ko‘rsatadi.

Viloyatlardan yuborilayotgan videolarda mahallalarda davlat narxida olib kelinayotgan unni olish uchun yuzlab odamning hatto tunda to‘planib turgani¸ un olib kelgan mashinalar atrofining olomon tomonidan o‘rab olinayotgani¸ bu unni kim olishini belgilayotgan mahalla raislari bilan tortishuvlar yuzaga chiqayotgani ko‘riladi.

Ун учун жанжал
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:02 0:00

“O‘zdonmahsulot” AK mulozimi¸ un zavodlarida aholi ehtiyojiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarilayotgani¸ mahalla va hokimliklar tuzgan ro‘yxat asosida har bir hududga so‘ralgan miqdorda un yetkazib berilayotganini bildirdi.

Davlat belgilagan narxdagi unning aholiga har xil narxda sotilayotganini sharhlay olmasligini ta’kidlagan AK mulozimi¸ bu ish bilan soliq va prokuratura xodimlari shug‘ullanayotganini ta’kidladi.

24 aprel kuni O‘zA agentligi gaplashgan Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Yelena Ismayeva un mahsulotlari birja savdosida to‘xtatilganidan keyingi bir hafta ichida 55,2 milliard so‘mlik 21,8 ming tonna un sotuvga chiqarilganini bildirdi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan fuqarolarga un mahsulotlarini noqonuniy sotish holatlari bo‘yicha 33 holatda huquqbuzarlar aniqlandi. 11,6 tonna tegishli hujjatlari bo‘lmagan un mahsulotlari olib qo‘yildi”¸ degan Ismaeva.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov esa¸ arzonlashtirilgan unning har bir qopiga 5 so‘mdan qo‘shimcha narx qo‘yib sotgan sho‘rchilik mahalla raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi karantin sharoiti bo‘lishiga qaramay tizimdagi barcha korxonalari, jumladan, 50 dan ortiq tegirmon tsexi to‘la quvvatda ishlamoqda. Ular kuniga 6000 tonnagacha un ishlab chiqarish quvvatiga ega”¸ deyiladi davlat agentligi xabarida.

XS
SM
MD
LG