Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:43

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ni to‘xtatadigan idorami?


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus pandemiyasiga javob choralarini vaqtida ko‘ra olmagani uchun keskin tanqidga uchradi. Bugungi kungacha ushbu virusdan jahon bo‘yicha 200 mingdan oshiq odam o‘ldi.

JSST himoyachilari uning zimmasiga hech qachon bu sohadagi shaffoflikni yoki talablar bajarilishini nazorat qilish yuklatilmaganini aytmoqda.

Tanqid qiluvchilar boshida Qo‘shma Shtatlar turibdi. Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotga ko‘ra, AQShdagi 26 aprelgacha koronavirus yuqtirganlar soni ikkinchi o‘rindagi Ispaniyanikidan 4 marta (940 mingga yaqin)¸ o‘lganlar soni esa¸ 2 marta (54 mingga yaqin) ko‘pdir.

Vashington JSSTni sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatga javob choralari ko‘rishda kechikkanlik, Xitoyning virus tarqalishi miqyosini kamaytirish urinishiga sherik bo‘lganlikda ayblamoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp JSSTni koronavirus tarqab ketishi uchun mas’ul ko‘rilayotgan Xitoy yonini olganlikda ayblab, tashkilotga Amerika beradigan 500 million dollarni to‘xtatib qo‘ydi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo JSST mufoviqlashtiruvchi xalqaro tashkilot sifatida a’zo mamlakatlarning ijtimoiy salomatlikka daxl qilishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda shaffoflik va jahon jamoatchiligini xabardor qilish bo‘yicha majburiyatini bajarishini ta’minlay olmaganini aytdi.

Pompeo ta’kidicha, JSST “ikkita asosiy vazifa” – tartibga soluvchilik va maslahatchilikni, qo‘shimcha ravishda esa “sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda va gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliyotlarni ado etishi” kerak.

JSSTni himoya qiluvchilar bunaqa ayblovlar adolatsiz va asossiz ekanini aytmoqda.

AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Samanta Pauer Ozodlik bilan suhbatda JSSTga “ tez javob qaytarish qo‘li” deb qarash noto‘g‘ri ekani, uning vazifasi butun dunyodan ma’lumot yig‘ib, epidemiya yoki pandemiya e’lon qilish kabi texnik ekspertizadan iboratligini ta’kidladi.

JSSTning Global salomatlik to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha markazi direktori, Jorjtaun universiteti professori Lorens Gostin tashkilotni Tramp hujumlaridan himoya qilish va uning vazifasi nima ekaniga aniqlik kiritish uchun internetda chiqish qildi.

Gostin Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi haqida ma’lumotni bir necha hafta yoki bir oydan ko‘proq oshkor qilamy ushlab turgani uchun tanqid qilanganini to‘g‘ri deb baholadi.

Ayni paytda¸ buning uchun JSST aybdor emasligini, aksincha, ushbu tashkilot qo‘liga tegishi bilan bor ma’lumotni oshkor qilganini aytdi.

Uning fikricha¸ pandemiya e’lon qilishga vakolati yo‘qligidan JSST bu ma’lumotga o‘z pozitsiyasini bildirish bilan cheklangan.

‒ JSST Xitoy hukumati bildirgan ma’lumotlarga shubha bilan qarashi mumkin edi, ammo u hukumatlar bergan ma’lumotlardan chetga chiqa olmaydi, ‒ dedi AQShning BMTdagi sobiq vakili Daniel Speygel.

JSST 1948 yili jahon aholisi salomatligini mustahkamlash, ularni vabo va poliomielit singari kasalliklardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Ekspertlar fikricha, 194 ta a’zo davlat badallari, shuningdek xususiy tashkilotlar ajratayotgan mablag‘larga hisobiga faoliyat ko‘rsatadigan JSST mustaqil vakolatga ega emas.

Gostin yillik byudjeti AQShdagi yirik shifoxonanikiga teng - 4,4 milliard dollar bo‘lgan JSST moliyaviy imkoni “o‘z global mas’uliyatiga umuman mos kelmasligi”ni ta’kidladi.

Unga ko‘ra, JSSTga a’zo mamlakatlar mablag‘ ajratishini xalqaro huquq asosida majburiy qilib qo‘yish kerak.

XS
SM
MD
LG