Линклар

Шошилинч хабар
08 июл 2020, Тошкент вақти: 04:47

Koronavirus pandemiyasi paytida Rossiyada uchinchi vrach derazadan yiqilib tushdi


Koronavirus epidemiyasi Rossiya tibbiyot tizimini o‘ta nochor holga solib qo‘ydi.

Rossiya g‘arbida joylashgan Voronej oblastidagi tez yordam bo‘limi shifokorining ahvoli kasalxona derazasidan tushib ketgandan so‘ng og‘irligicha qolmoqda. Oldinroq u COVID-19 yuqtirib olgandan so‘ng ham ishlashga majburlanayotganidan shikoyat qilgan edi. Bu mamlakatda so‘nggi kunlarda ro‘y bergan uchinchi hodisadir.

Aleksandr Shulepov hamkasblari va oblastdagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor guruh vakillari aytishicha, u 2 mayda Novaya Usman shahridagi shifoxonada ishlayotgan va ayni damda koronavirusdan davolanayotgan paytda ikkinchi qavat derazasidan yiqilib tushgan. Hozir u bosh suyagining sinishi ortidan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Shulepov 22 aprelda shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiy tekshiruvdan so‘ng unga COVID-19 yuqqani tasdiqlanmagach, javob berilishi kerak bo‘lgan.

Shifoxonaga yotqizilgan kuni Shulepov hamkasbi Aleksandr Kosyakin bilan COVID-19 yuqtirgani tasdiqlangandan so‘ng rahbari o‘zi bilan hamkasblarini ishlashga majbur qilayotgani xususida video orqali shikoyat qilgan.

Oradan uch kun o‘tib, Shulepov dastlabki gaplaridan tonib, Kosyakin bilan birga tushgan videosida COVID-19 yuqtirib olganini bilgandan so‘ng “emotsional holat”da bo‘lganini aytgan.

Shulepov Rossiyada koronavirus infeksiyasi keng tarqalayotgan vaziyatda derazadan tushib ketgan uchinchi shifokordir.

Rossiyaning Sibir mintaqasiga qarashli Krasnoyarsk shahridagi urush veteranlari shifoxonasi bosh shifokori Yelena Nepomnyashchaya Shulepov bilan bog‘liq holatdan so‘ng oradan bir hafta o‘tib, 1 mayda beshinchi qavatdagi kabinetidan derazasidan yiqilib tushib o‘lgan edi.

Mahalliy axborot vositalari xabar qilishicha, Nepomnyashchaya viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Boris Nemik bilan shifoxona binolaridan birini koronavirusga chalingan bemorlar davolanadigan korpusga aylantirish masalasini selektor orqali muhokama qilayotib, kabineti derazasidan yiqilib ketgan.

Xabarlarda Nepomnyashchayaning bu taklifga qat’iy qarshi bo‘lgani aytiladi.

24 aprelda Moskva yaqinidagi Zvyozdnoy shaharchasidagi tez yordam markazi boshlig‘i Natalya Lebedeva Moskvadagi shifoxonada aytilganidek, “noxush hodisa” sabab o‘lgan. U shifoxonada COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan.

RenTV telekanali va “Moskovskiy komsomolets” gazetasi Lebedeva shifoxona yuqori qavatlaridan birining derazasidan yiqilib tushganini xabar qildi.

“Moskovskiy komsomolets” Lebedevaning hamkasblariga iqtibosan ma’lum qilishicha, u joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin, chunki qo‘l ostidagilarga kasallikni yuqtirgan edi.

Rossiyaning tibbiyot sohasi rahbarlari 4 mayda koronavirus yuqtirganlik holatlari 134 687 taga, o‘lim holatlari 1280 taga, tuzalganlar esa 16 639 nafarga yetganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG