Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:51

Mirziyoyev G‘aniyev haqida: Viloyat hokimiga bahoni man beraman¸boshqa hech kim baho berishga haqqi yo‘q O‘zbekistonda! (AUDIO)


Ozodlikka yuborilgan audioda Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyevning eng sadoqatli hokimlardan ekanini qayta-qayta takrorlaydi.
Ozodlikka yuborilgan audioda Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyevning eng sadoqatli hokimlardan ekanini qayta-qayta takrorlaydi.

11 iyun kuni Ozodlikka O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni Toshkentda o‘tkazgan videoselektordan yozib olingan audioyozuv taqdim etildi.

7 daqiqalik audioda prezidentning Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va o‘sha kuni (3 iyun ) So‘x tuman hokimi etib tayinlangan Sayidbahrom Sayidmusayev bilan qisqa muloqoti va ularga bergan topshiriqlari yozilgan.

Bir necha soatlik videoselektordan yozib olingan bu qisqa parcha¸ farg‘onaliklar¸ ayniqsa¸ o‘sha kunlari so‘xliklar noroziligiga sabab bo‘lib¸ ana ketdi-mana ketdi bo‘lib turgani taxmin etilgan Shuhrat G‘aniyevning Shavkat Mirziyoyevning “eng ishongan¸ eng sadoqatli hokimi” ekanini tasdiqlaydi.

Xalq toshbo‘ron qilgan hokim sha’niga prezident bildirgan maqtovlar

Ozodlikka mahalliy mulozimlardan biri tomonidan yuborilgan audioyozuv¸ prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida aytgan maqtovi bilan boshlanadi.

Farg‘ona tajribasi bilan qaytib kelishim kerak juma-shanba kuniga. Shuning uchun tayyorgarlik qilishim kerak hamma sohalar bo‘yicha¸ Farg‘ona tajribasi. (selektorda videoaloqa orqali qatnashgan Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevga qarata – tahr.) Sani tajribang juda katta va sani sadoqating Farg‘onaga juda katta¸ mehnating juda katta. Ana shularni hammasini inobatga olib ¸ hozir hamma Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan o‘tirib Shuhrat¸ yana bir marta o‘ylanglar. Mana ertaga administratsiyani rahbariyam boradi¸ hamma boradi. O‘zi hamma Farg‘onada hozir. Lekin man bir kunga cho‘zganim ¸ nimaga cho‘zdim¸ dokumentlarimiz pishiqroq bo‘lsin¸ shu o‘sish nuqtasini o‘zingni tajribangdan kelib ¸ qaysi har bir rayonga alohida alohida qilish nuqtai nazaridan choralar ko‘rishimiz kerak”.

Президент Мирзиёев ва ҳоким Ғаниев иштирокида ўтказилган селектор аудиоси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:02 0:00
Бевосита линк


Shavkat Mirziyoyevning bu maqtovlariga “Xo‘p bo‘ladi¸ tushundim¸ muhtaram prezident” degan gap bilan javob qaytargan G‘aniyev¸ (30 sekundlik gapi davomida G‘aniyev 6 marta muhtaram prezident deydi -tahr.)¸ o‘zbek-qirg‘iz chegarasida suv ustida chiqqan nizodan keyin prezidentning So‘x tumaniga ko‘rsatgan e’tibori ortidan¸ So‘xda “quyosh ham boshqacha chiqqanini” aytadi.

Avvalo ming marta rahmat. Shaxsan o‘zingiz¸ butun hukumatimiz a’zolarini mana So‘x tumaniga juda katta mana shunday yordam bilan yubordiz muhtaram prezident. So‘x tumanida ochig‘ini aytishim kerak¸ bugundan boshlab boshqacha quyosh chiqib turipti¸ muhtaram prezident. Shuning uchun man juda qattiq tayyorgarlik qilyapmiz. Albatta¸ hozir o‘zimizga juda katta chuqur xulosa qilganmiz¸ muhtaram prezident. Albatta¸ Farg‘ona viloyatiga kelganingizda mana shu tajribalarimizni ko‘rsatamiz¸ muhtaram prezident Farg‘onaliklar¸ albatta¸ yaxshi namunalarni ko‘rsatamiz¸ muhtaram prezident”.

Ozodlikka yuborilgan audioning bu gaplardan keyingi qismida Mirziyoyev G‘aniyev¸ qolaversa boshqa viloyat hokimlariga birlamchi vazifa “kambag‘alchilikni 100 foiz qisqartirish¸ ishchi joylari ta’minlash” ekanini ta’kidlaydi.

3 iyun kungi videoselektor yig‘ilishi haqida xabar bergan prezident matbuot xizmati¸ yig‘ilishning aynan “kambag‘allikni qisqartirish masalalari”ga bag‘ishlanganini yozdi.

Prezident: Qonun ustuvor¸ jazo muqarrar bo‘ladi¸ kim bo‘lishidan qat’i nazar. O‘zbekiston mana shunday davlat!

Rasmiy xabarda¸ 1 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning So‘x viloyati Chashma qishlog‘idagi chegara hududida chiqqan janjaldan ikki kun o‘tib bo‘lgan 3 iyun kungi videoselektorda So‘xdagi vaziyat muhokama qilingani haqida lom-mim deyilmagan.

Ozodlikka yuborilgan audioda esa prezident Mirziyoyevning o‘sha kuni (3 iyun) Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi etib tayinlangan Sayidbahrom Sayidmusayev bilan videoselektor davomida qilgan muloqoti¸ aniqrog‘i¸ monologi yozilgan.

Shavkat Mirziyoyevning “ Qani So‘x tuman hokimiga so‘z beray”¸ degan gapidan so‘ng videoaloqa orqali bog‘langan Sayidbahrom Sayidmusayev “ muhtaram prezidentga bildirilgan ishonch uchun rahmat aytadi¸ oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan¸ sadoqat bilan bajarishga” va’da beradi.

Shundan so‘ng “hozirgi sharoitda hammaga ham ishonib bo‘lmasligini” alohida ta’kidlagan Mirziyoyev¸ bunga qadar So‘x IIB rahbari bo‘lib ishlagan Sayidmusayevga qator topshiriq beradi.

Sizdan bitta narsa talab qilinadi sadoqat faqat¸ vatanga fidoyilik. Ichki ishlar xodimi, soldatsiz. Soldat nuqtai nazaridan qattiqqo‘llik¸ tartib¸ temir intizom. Qonun ustuvor¸ jazo muqarrar. Jazo muqarrarligini hamma bilishi kerak¸ kim bo‘lishidan qat’i nazar. O‘zbekistonda mana shunday qonun ustuvor bo‘ladi va jazo muqarrar bo‘ladi. Kim¸ qanday¸ man hammasini baribir joy-joyiga qo‘yaman. Lekin xalqimizni manfaatini¸ xalqimizni niyatini¸ so‘xliklarni niyatlarini joy-joyiga qo‘yishda endi juda katta hissa sizning komandangizga bog‘liq. Ana shu komanda bo‘lib qattiqqo‘llik bilan ishlasa ¸ hamma o‘zining o‘rnida bo‘lishi kerak. Yana bir marta aytaman¸ qonun ustuvor¸ jazo muqarrar bo‘ladi¸ kim bo‘lishidan qat’i nazar. O‘zbekiston mana shunday davlat. U haligi bekorchi gaplar ko‘tarilmaydi¸ zamon ko‘tarmaydi¸ hech kimni hech qachon. Ana shularni inobatga olib sizni zimmangizga bugundan boshlab juda katta mas’uliyat¸ juda katta javobgarlik va ana shu So‘x xalqini oldida vatanimizni qanday sevishingizni ko‘rsatishga imkon yaratdik. Ana shu imkonni mani yordamim bilan hamma ijro organi rahbarlari o‘zingiz ko‘rdingiz ¸ So‘x tarixida bundaqa bo‘lgani yo‘q.

Bugungi majlisga o‘xshab sessiyani har bir gapini man quloq solib eshitib turdim. Hamma odamlardi gapiniyam¸ sement zavodniyam eshitdim hamma so‘zga chiqqanlarni. Shu bilan birga bitta narsani bilishlaring kerakki¸ albatta¸ hamma narsani biz qilamiz. Lekin bitta narsa So‘xni xalqini birlashtirib¸ bir bo‘lib¸ bir yakdillik bilan bitta¸ qo‘shnilarimiz bilan faqat munosabatimiz yaxshi bo‘lishi kerak. Bizdi qo‘shnilarimiz ular¸ kim¸ qanday gapirishidan qat’iy nazar¸ qo‘shnilarimiz bilan do‘stona munosabat bo‘lib¸ bir el bo‘lib¸ bordi-keldi bo‘lib¸ quda-anda bo‘lib yashaganmiz¸ shunday yashaymiz ham. Ana shuni hech kim hech qachon unutmasligi kerak So‘xdayam.”

Mirziyoyev: G‘aniyev haqida “noinsof bilan gapirilayotgan” gaplardan xabarim bor!

So‘x tumanining yangi hokimi Mirziyoyev monologiga “Tushunarli muhtaram prezident¸ xo‘p bo‘ladi muhtaram prezident” deb javob qaytarganidan so‘ng prezident¸ O‘zbekistonda eng ko‘p va keskin munozaraga sabab bo‘lib kelayotgan Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida gapirishga o‘tadi.

Mana viloyat hokimimizning tajribasiyam katta¸ sadoqatiyam katta¸ juda katta mehnat qilgan odam bu. Man viloyat hokimini bironta odamdi ¸ mingta odam gapirsayam¸ noinsof bilan gapirilayotgan¸ man o‘zim xulosa qilaman va burch¸ konstitutsiyaviy burch¸ man viloyat hokimiga baho beraman. Boshqa hech kim baho berishga haqqi yo‘q O‘zbekistonda. Ana shuni inobatga olib¸ siz ana shu viloyat hokimini tavsiyasi bilan hokim bo‘lyapsiz¸ mana shu narsalarni hammasini joy-joyiga qo‘yishingiz kerak”¸ deydi So‘x hokimiga qarata gapirgan Mirziyoyev.

Ishdan olinishi so‘ralgan va kutilgan hokimga yanada ko‘proq ishonch?

Shavkat Mirziyoyevning Shuhrat G‘aniyev sha’niga qayta-qayta maqtov bildirishi¸ unga baho berishga faqatgina o‘zi haqli ekani haqidagi bayonoti¸ so‘xliklar G‘aniyevni toshbo‘ron qilib¸ Bosh vazir bilan uchrashuvda uning iste’fosini so‘rashidan ikki kun o‘tib yangradi.

Фарғона вилоят ҳокими Шуҳрат Ғаниев нега Сўхда тошбўрон қилинди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:33 0:00

1 iyun kuni qo‘shni qirg‘iz qishlog‘idagilar bilan suv ustida janjal chiqqan hududga borgan G‘aniyev¸ so‘xliklarni “Farg‘onani butun O‘zbekistonga sharmanda qilganlar” deb yozg‘irgan¸ tumanni xaritadan butkul o‘chirish¸ uni ta’minotdan uzib¸ yosh yigitlarini qamash" bilan tahdid qilgan edi.

Farg‘onaliklar¸ xususan¸ yillardan beri izolyatsiyada yashashga mahkum etilgan so‘xliklar orasida e’tibori past bo‘lgan G‘aniyevning¸ 1 iyun kungi mojaro¸ undagi salbiy roli ortidan hokimliklikdan olinishi haqidagi taxminlar kuchaygan edi.

Ayrim mahalliy nashr va blogerlar¸ xalq tomonidan “Xudoyorxon” deb ataladigan G‘aniyev Mirziyoyevning Farg‘ona safari davomida ishdan olingani¸ uning o‘rniga Moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov tayinlangani haqida xabar tarqatdi.

5-6 iyun kunlari Mirziyoyevning Farg‘ona safari davomida G‘aniyevning unga hamrohlik qilayotgani milliy telekanallarda namoyish etilishi ortidan bu xabarlar o‘chirib tashlandi.

Ozodlikka yuborilgan audioyozuvda aytilgan gaplaridan Shavkat Mirziyoyevning bunday ehtimolni hatto ko‘rib ham chiqmagani oydinlashadi.

3 iyun kungi videoselektorning besh soatdan ham ko‘proqqa cho‘zilganini o‘zi tilga olgan Mirziyoyev¸ Ozodlikka yuborilgan audioyozuv so‘nggida Farg‘ona viloyati hokimiga qarata:

Shuhrat Madaminovich¸ ertadan keyin ko‘rishamiz¸ yaxshi tayyorgarlik qilgin”¸ deydi.

Shavkat Mirziyoyevning kelishiga¸ aftidan “yaxshilab tayyorgalik qilgan” Shuhrat G‘aniyev yana hokimlikda qoldi.

Xalqni haqorat-prezidentdan uzr – yana haqorat- yana uzr – prezidentdan mukofot va maqtovlar tarixi

2012 yildan beri Farg‘ona viloyatiga hokimlik qilayotgan 49 yashar Shuhrat G‘aniyev bundan oldin ham o‘z bayonotlari bilan mahalliy xalq g‘azab va e’tirozlariga sabab bo‘lgan¸ ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonliklarni junbushga solgan amaldordir.

Xususan¸ 2018 yil yanvarida 16 nafar toshloqlik yigitning Rossiyaga ish izlab ketayotib¸Qozog‘iston hududida avtobus ichida tiriklayin yonib ketganiga munosabat bildirgan G‘aniyev¸ butun Toshloq aholisini “Farg‘onani sharmanda qilgan haromilar” deb atagan edi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqab¸ keng norozilik uyg‘otgan bu haqorati uchun G‘aniyev kechirim so‘ragan emas.

Ko‘p o‘tmay¸ G‘aniyevning 2019 yil yozida Rishton tumanidagi aholi uy joylarini ayovsiz buzgani keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.

Bu noroziliklar ortidan 3 avgust kuni Mirziyoyev G‘aniyevni “farg‘onalik vallomat” va “o‘z siyosatining dushmani” deb atab¸ uni ishdan olish bilan tahdid qilgan edi. Ertasiga borib rishtonliklardan videouzr so‘ragan G‘aniyev nafaqat o‘z lavozimida qolgan¸ balki ayni oy oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Mukofotdan bir oycha o‘tib¸ G‘aniyevning ro‘molli ayollar sha’niga bildirgan haqoratlari audiosi tarqashi ortidan¸ O‘zbekiston Senatining Reglament va odob komissiyasi 30 sentabr kuni hokim va senator Shuhrat G‘aniyevga qat’iy ogohlantirish va 3 oylik sinov muddati bergan edi. Bu gal ham G‘aniyev “prezident va Senatdan uzr so‘rash” ortidan o‘z vazifasida qoldirilgan edi.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlar¸ o‘zbek blogosferasida Mirziyoyevga yaqin amaldorlar¸ xususan¸ Shuhrat G‘aniyevning xalq noroziligiga sabab bo‘lgan hatti-harakatlardan bitta uzr so‘rash bilan jazosiz qolishi haqida memlar tarqashiga sabab bo‘lgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG