Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 16:49

Advokat va IIV mulozimi: 19 iyunga Toshturmada Gulnora Karimova ustidan yana bir mahkama belgilandi


Hozirga qadar Toshkent Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullaridan 133 million dollarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ichki ishlar va adliya tizimi mulozimlarining Ozodlikka bildirishicha¸ 19 iyun kuni Toshkent shahar 1-sonli tergov izolyatorida (yangi Toshturma) O‘zbekiston Birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ustidan yana bir yopiq mahkama o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bu muassasada o‘tkazilishi rejalashtirilgan boshqa mahkama jarayonlari boshqa kunga qoldirilgan.

Norasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ mahkamada joriy yilning 18 mart kuni Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova ustidan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilishi belgilangan. Aytilishicha¸ qonunchilikka ko‘ra¸ apellyatsiya berilganidan so‘ng bir oy ichida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bu mahkama, karantin bois, ikki oy kechikib o‘tkazilmoqda.

18 mart kungi sud Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib¸ unga 13 yil 4 oylik qamoq jazosi tayinlagan edi. Ushbu hukm kuchda qolsa¸ Gulnora Karimova 2029 yilga qadar qamoqda qoladi.

O‘zbekiston Oliy sudi Matbuot xizmati 19 iyun kuni Gulnora Karimova ustidan yana bir mahkama belgilangani haqidagi xabarni na inkor qildi va na tasdiqladi. Hozircha Ozodlikning bu xabar bo‘yicha yuborgan savollari javobsiz qolmoqda.

19 iyunga belgilangan yopiq sud

Ozodlikka ichki ishlar tizimida ishlovchi mulozimning shaxsi sir qolish sharti bilan bildirishicha¸ 2020 yilning 19 iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Toshkent shahar 1-sonli tergov izolyatorida o‘tishi belgilangan boshqa sud jarayonlari 18 iyun kechqurun bekor qilingan.

Ertalabki soat 10 ga Gulnora Karimovaning sudi belgilangani uchun boshqa ishlar qoldirildi. Karantin tufayli jinoyat ishlari bo‘yicha aksar ishlarni ko‘rib chiqish 1 avgustgacha qoldirilgan. Qoldirilmaganlari¸ Toshturmaning o‘zida bo‘lyapti¸ sudyalar shu yerga kelib¸ sud o‘tkazyapti. 18 martdan beri Gulnora Karimova Toshturmada saqlanyapti¸ karantin tufayli etap qilishlar ham to‘xtatilgan”¸ dedi IIVdagi mulozim.

Ozodlik bog‘langan toshkentlik advokatlardan biri ham 19 iyun kuni o‘z mijozlari ustidan o‘tkazilishi belgilangan sud majlisining oxirgi soatlarda kechiktirilganini tasdiqladi.

Kecha kechqurun suddan telefon qilib¸ 19 iyun kungi ishlar boshqa kunga qoldirilganini aytishdi. Suddagilar Toshturmada Gulnora Karimova ustidan sud bo‘ladi¸ shunga deb ochiq aytishdi. Turma katta¸ lekin sud o‘tkaziladigan zali ko‘pmas¸ kattaroq zali bitta¸ bilishimcha. Xavfsizlik choralari¸ ovoza bo‘lmasligi uchun ham biznikini qoldirishdi¸ shekilli”¸ dedi nomi ochiqlanishini istamagan advokat.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ Gulnora Karimovaga O‘zbekiston hukumati tomonidan tayinlangan advokatlar 18 mart kungi hukm ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgan¸ lekin uni ko‘rib chiqish karantin davriga to‘g‘ri kelgani uchun¸ qonunchilikda belgilangan bir oydan kechikkan.

O‘zbekiston Oliy sudi Rayosatining 20 mart kungi qarori bilan karantin davrida sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlarning ko‘rib chiqilishiga ruxsat berilgan. Qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash¸ qamoqda saqlash muddatini uzaytirish¸ o‘zgartirish yoki bekor qilish¸ shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish¸ ma’muriy qamoqqa olish¸ shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish) kabi ishlar bundan mustasnodir.

19 iyun kuni Gulnora Karimova ustidan belgilangan sud majlisining bo‘lib o‘tgan-o‘tmagani¸ unda hukm chiqqan-chiqmagani¸ jarayon mutlaq yopiq bo‘lgani bois¸ hozircha Ozodlikka ma’lum emas.

O‘zbekiston Oliy sudi Ozodlikning 19 iyun kunga belgilangan ushbu mahkamaga oid savollariga hozircha javob bermadi.

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Greguar Manja 19 iyun kuni o‘z mijozi ustidan sud bo‘lishiga oid xabarni Ozodlikdan eshitib turganini bildirdi.

- Bundan na mening¸ na farzandlarining xabari bor. Bu yana men 17 iyun kuni yozgan tvitlarning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi¸ dedi 19 iyun kuni Ozodlik gaplashgan Manja.

Shveysariyalik advokatning so‘nggi tvitlari

2020 yilning 17 iyun kuni Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi xususiy advokati Grégoire Mangeat (Greguar Manja) o‘z Twitter sahifasida yozgan tvitlarida yana bir bor o‘zbekistonlik VIP mijozi taqdiriga e’tibor qaratdi.

Shveysariyalik taniqli advokat bu tvitlarni o‘z mijozi bilan so‘nggi marta ko‘rishganiga bir yil to‘lgani munosabati bilan yozganini ta’kidladi.

Manjaga ko‘ra¸ Gulnora Karimovaning qizi Imonga keyingi 11 oy ichida onasi bilan ikki marta – 2019 yilning 9 iyul va 22 avgust kunlari deraza ortidan ko‘rishishiga ruxsat berilgan¸ xolos. O‘g‘li Islom esa¸ onasini 2014 yildan beri biror marta ko‘rmagan.

Londonda yashab kelayotgan nabira Islom Karimovning oxirgi marta O‘zbekistonga qachon borgani ma’lum emas¸ u bobosining 2016 yilgi janozasida ham ko‘rinmagan.

Manjaning yozishicha¸ o‘zining O‘zbekistonga kirishini 2024 yilga qadar taqiqlagan Toshkent rasmiylari¸ Gulnora Karimova “ishonchini qozongan” hamkasbi Fanni Margayrazning mamlakatga kirishiga ham ruxsat bermagan. Advokat bu taqiqda “Gulnora Karimova sudi uchun mas’ul bo‘lgan Shveysariya federal prokurorlari” qo‘li borligiga ishorat qildi.

Gulnora Karimova bilan aloqada bo‘lgan mahkumalar oilalari¸ Manjaga ko‘ra¸ Gulnora Karimovaning kasalligini¸ uning jismoniy salomatligi qoniqarsiz ekani va muntazam ruhiy bosim ostida ekanini bildirgan.

17 iyun kungi tvitlarida Greguar Manja¸ joriy vaziyatdagi o‘z pozitsiyasini yana bir bor oydinlashtirib¸ Gulnora Karimovaning biror marta jinoyat ishlari bo‘yicha jahon normalariga mininum darajada javob beradigan sharoitda sud qilinmaganini ta’kidlaydi.

Greaguar Manjaning Gulnora Karimova haqidagi 2020 yil 17 iyun kungi tvitlari
Greaguar Manjaning Gulnora Karimova haqidagi 2020 yil 17 iyun kungi tvitlari

Karimovaning normal huquqiy himoyadan mosuvo qolayotganini yana bir bor urg‘ulagan Manja¸ bunday hatti-harakatlari bilan O‘zbekiston hukumati vaziyatga muzokaralar orqali yechim topish imkonini yo‘qqa chiqarganini aytadi.

- Mijozimizga nisbatan munosabati va uning o‘ta yomon ahvoli tufayli o‘zbek rasmiylarining obro‘si dunyo jamoatchiligi ko‘zida bir pul bo‘lmoqdaki, buning uchun mas’uliyat hukumatning o‘z zimmasidadir ¸ deyiladi Manjaning 17 iyun kungi tvitlari so‘ngida.

Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida 2012 yil yozida muzlatib qo‘yilgan 1 milliard dollarga yaqin pulining o‘z ixtiyoriga berilishi uchun kurashayotgan Mirziyoyev hukumati avvaliga Greguar Manja bilan hamkorlik qilib¸ uning o‘z mijozi bilan uchrashishiga ruxsat berdi.

Karimovaning qizi Imon iddaosicha¸ tomonlar o‘rtasidagi yashirin muzokaralar O‘zbekiston tomoni o‘z va’dasi ustida turmagani ortidan to‘xtatilgan va shundan so‘ng Karimova tomoni uning pullarini O‘zbekistonga qaytarilishiga keskin qarshilikni kuchaytirgan.

Hozirga qadar Toshkent Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullaridan 133 million dollarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG