Линклар

Шошилинч хабар
03 август 2020, Тошкент вақти: 17:12

Leningradda o‘zbek transgenderning boshsiz jasadi topildi. Uning uch oy oldin o‘ldirilgani aniqlandi


Rossiyada O‘zbekistondagi kabi geylarga tez-tez hujumlar bo‘lib turadi.

Rossiyaning Leningrad viloyati Kirov tumanida topilgan boshsiz jasad O‘zbekiston fuqarosiga tegishli ekani aniqlandi. Bu haqda Leningrad viloyat Tergov qo‘mitasiga tayangan holda rus nashrlari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 iyun kuni Kirov tumanidagi Mga daryosiga cho‘milish uchun kelgan 11-sinfda o‘quvchi o‘smir suvda jasadni topib olgan. U tezlikda politsiyaga xabar bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya boshsiz, qo‘lsiz va oyoqsiz, ammo ayollarning sun’iy ko‘kragiga ega bo‘lgan transgenderning jasadini suvdan chiqarib olgan.

Ekspertiza natijasida jasadning oyoqlari arra bilan kesib tashlangani aniqlangan. Murdaning qo‘llari esa kurak tomonidan sindirilgan va hech qanday vositalarsiz tanadan yulib olingan.

Jasadda kattaligi 4 santimetrdan 20 santimetrgacha bo‘lgan va pichoq bilan berilgan to‘rtta jarohat izlari bo‘lgan.

Politsiya jasaddagi sun’iy ayollar ko‘kragi bo‘lgan implant raqamidan kelib chiqib, transgenderga ko‘krak operatsiyasi o‘tkazgan xususiy klinikani topgan va 18 iyunda uning shaxsini aniqlagan.

Bildirilishicha, u O‘zbekistonning 23 yoshli fuqarosi Xotamjonovdir. U o‘ziga “Tamara” deb ism qo‘ygan.

“Tamara” Rossiyaga bundan uch yil avval kelgan va bir joyda muqim yashamagan. U Moskva va Peterburgda navbatma -navbat yashagan. Moskva-Peterburg poyezdining doimiy yo‘lovchisi bo‘lgan.

Ekspertiza, shuningdek, “Tamara” kamida uch oy avval o‘ldirilganini ham aniqlagan.

Tergovning aniqlashicha, “Tamara” Xabarovsk o‘lkasida tug‘ilgan, ayni paytda Peterburgda yashovchi “Kassandra” ismli transgender bilan dugona bo‘lgan.

“Kassandra” politsiyadan foxishalik bilan shug‘ullanishini yashirmagan. Mazkur xodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov -qidiruv harakatlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG