Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:43

Go‘shtning arzoni Nukusda, qimmati "Oloy" bozorida. O‘zbekistonning qaysi bozorida nima arzon, nima qimmat?


Nukus dehqon bozorida mol go‘shtini 38 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.
Nukus dehqon bozorida mol go‘shtini 38 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 1 kilo mol go‘shtining eng arzoni Nukusda qayd etilgan. Nukus dehqon bozorida mol go‘shtini 38 ming so‘mdan xarid qilish mumkin. Eng qimmat mol go‘shti Toshkent shahrining Oloy, Farhod va Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan. Bu bozorlarda go‘sht narxi 65 ming so‘mgacha.

Qo‘y go‘shtining 1 kilosi 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha sotilmoqda. Jumladan, qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori"da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori"da (75 000 so‘m) kuzatilgan.

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda eng arzon kartoshka Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”da (kilosi 1000 so‘m) ekanini aniqlagan. Eng qimmat kartoshka esa 5,5 ming so‘mdan Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotilmoqda.

Termizda nima arzon? Piyoz arzon. Piyoz Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da 750 so‘mdan sotlmoqda. Piyozning ham qimmati Toshkentda. Oloy va Mirobod bozorlarida bir kilo piyozni uch ming so‘mdan sotishmoqda.

Bir kilo sabzining minimal narxi Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da 1 000 so‘m. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori»da 4 500 so‘m miqdorida kuzatilgan.

10 dona tuxumni Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da 5 000 so‘mga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 13 000 so‘mga sotib olish mumkin.

Bir kilo guruchning minimal narxi Nukus dehqon bozorida ro‘yxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da mahalliy paxta yog‘ining bir litri 8 400 so‘m. Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m ekani qayd etilgan.

Bir kilo shakarning minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”da, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG