Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2020, Тошкент вақти: 04:17

Mirzaobod hokimi Sardobadagi toshqin yuvib ketgan uylar o‘rnida boshlangan qurilishlarga buldozer soldi (VIDEO)


1 may kungi Sardobadagi texnogen falokat oqibatida Solin qishlog‘idagi aksar uylar qulab tushgan.

6-7 iyul kunlari 100 ga yaqin IIB xodimi¸ xususan¸ omonchilar hamrohligida Haqiqat MFYni hududidagi Solin qishlog‘iga kelgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi Hamid Abdullayev¸ qishloqdagi sakkizta hovli o‘rnida tiklangan poydevor ustiga buldozer soldirdi.

1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi ortidan bu qishloqdagi 62 ta hovlini butunlay suv yuvib ketgan va uy egalari berilgan 40 million so‘mlik tovon puliga vayron bo‘lgan uyi o‘rnida qurilish boshlagan edi.

Avvaliga bunday qurilishga ruxsat bergan tuman hokimligi¸ so‘ngra Toshkentdan kelgan “bosh plan”ni ro‘kach qilib¸ har birida kamida 25-30 sotixdan kattaroq tomorqa va bog‘i bo‘lgan bu oilalarni cho‘l hududidagi bo‘sh joylarga ko‘chishga majburlashga o‘tgan.

6-7 iyul kunlari yangi qurilishini himoya qilishga uringan solinliklar omonchilar tomonidan maxsus avtobuslarga qamab qo‘yilgan va hovlisi o‘rnida ko‘tarilgan fundament buzib tashlangandan keyingina qo‘yib yuborilgan.

Bunday bosimga chiday olmasdan uch kishi voqea joyida hushidan ketgan va ularga "Tez yordam" chaqirtirilgan.

Ozodlik bog‘langan Mirzaobod tuman hokimligi mulozimlari¸ bu jarayonni “Toshkentdan berilgan buyruq” ijrosi sifatida taqdim etdi.

Hokimning xalq bilan “muloqoti”

Mirzaobod tuman hokimi Hamid Abdullayev 6 iyul kuni tushdan keyingi soat to‘rtlarda¸ guvohlarning Ozodlikka aytishicha¸ Solin qishlog‘idagi 62 uyda yashovchilar bilan uchrashgan.

Мирзаобод тумани ҳокими ва солинликлар ўртасидаги тортишув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:30 0:00

Maxsus avtobus va yuzga yaqin IIB xizmatchisi hamrohligida kelgan hokim¸ Ozodlikka yuborilgan videodan ko‘rilishicha¸ avvaliga to‘planganlarni ajratilgan yangi yerga o‘z ixtiyori bilan borish va qurilishni o‘sha joyda qilishga ko‘ndirishga urinadi.

Bu yer davlatning yeri. Hujjatda (kadastr nazarda tutilmoqda -tahr.) ham yerning usti sizniki¸ yer osti va yerning o‘zi davlatniki. Davlat ham sizlarga yomonlik qilmoqchi emas. Bu yerda park bo‘lsa¸ madaniyatga sal intiladi¸ deyapti. Bu yerdagi hamma narsa (qurilishga olingan narsalarni ko‘rsatib)ni bizning hisobimizdan aytgan joylaringga tashib beramiz. Faqat tezroq borib o‘zlaringning yerlaringga egalik qilinglar. Hammasiga qoziq qoqilgan. 35 gektar yer bor¸ hammaga yetadigan yer bor xullas”.

Videoda gapini bo‘lmasdan eshitgan odamlarga qarata hokim “unday desanglar ham¸ bunday desanglar ham qaror shu¸ chunki bosh plan tasdiqlab bo‘lingan¸gapirganlaring bilan buni o‘zgartirib bo‘lmaydi¸ davlatning yo‘liga yuringlar”¸ deydi va ularni “o‘jarlik bilan uzoqqa borib bo‘lmasligidan” ogohlantiradi.

“Xalq bilan hisoblashishim shart emas!”

Ozodlikka yuborilgan videoda¸ hokim solinliklarga qarata qilgan monologini tugatar-tugatmas yig‘ilganlardan biri¸ “hokim bova¸ xalqning roziligini oldingizmi?” deb luqma tashlaydi.

Bu savolga Abdullayev “xalqning roziligini olishim shart emas” deb javob qaytargani uchrashuvni ehtirosli tortishuvga aylantirib yuboradi.

To‘planganlar hokimga prezidentning hokimlardan odamlarning hovli-joyini buzish haqida qaror chiqarish vakolatini olgani¸ buzish faqat sud qarori bilan bo‘lishi kerakligini eslatishi ortidan hokim “hammangni qonun oldida javobgar qildiraman” degan po‘pisaga o‘tadi.

Bu keskinlik keksa bog‘bonning “500 tup anorim va 250 ta terakzor bog‘im bor¸ meni bu yerdan o‘ldirib chiqarasan”¸ deganidan so‘ng yanada kuchayadi¸ ko‘p o‘tmay ayollar bilan baqir-chaqir boshlanib ketadi.

Uchrashuv ishtirokchilarining aytishicha¸ 62 ta uy egasi hokim taklifini qabul qilmasligini¸ hokim esa¸ ular e’tirozi qabul qilinmasligini aytib turib olganidan so‘ng¸ davlat vakillari kuch ishlatishga o‘tgan.

Uyi o‘rnida tiklangan poydevorni himoya qilishga uringan ayollarni omonchilar ikki qanotidan ushlab¸ panjarali avtobusga tiqib qo‘yishdi va xuddi maymunni qafasda ushlagandek¸ to qurilishini buldozer vayron qilmaguncha¸ qamab turishdi. Keyin qo‘yvorishdi”.

Guvohlarning aytishicha¸ bunday zo‘ravonlik oqibatida ayollardan ikkitasi hushdan ketib yiqilgan¸ yana bir keksa erkakning ahvoli yomonlashgan va “Tez yordam” chaqirtirilgan.

Ozodlikka taqdim etilgan videolardan birida¸”Tez yordam” mashinasi va so‘rida uzala tushib yotgan hushsiz ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aks etgan.

Янги қурилишига бульдозер солинган аëллар ҳушдан кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:17 0:00

Ozodlik bog‘langan solinliklarning aytishicha¸ qurilishi boshlangan hovlilarni buldozer bilan tekislash 7 iyul kuni ham davom etgan.

Yana hokimning o‘zi IIB boshlig‘i¸ omonchilar¸ tumandagi hamma uchastkovoylar bilan tepasida turdi. Jami sakkizta uyda boshlangan qurilishni buzib ketishdi. Kechagiday¸ qarshilik qilganlarni qafas-avtobusda ushlab turib¸ buzib bo‘lgandan keyin qo‘yvorishdi. Videoga olmoqchi bo‘lganlarni ushlab¸ telefonini olib qo‘yishdi. Kim video chiqarsa¸ jazolaymiz¸ deb qo‘rqitishdi”¸ dedi 7 iyul kuni Ozodlik gaplashgan solinliklardan biri.

Solinliklar nega hokim taklifiga ko‘nmayapti?

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Haqiqat MFYdagi Solin qishlog‘i 1 may kuni Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan texnogen falokat oqibatida butunlay vayron bo‘lgan. Bu qishloqda¸ aksariyati loydan qurilgan uylarni suv butunlay yuvib ketgan.

Тошқиндан кейинги вайронагарчилик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Har birida 8-15 xonagacha uyi bo‘lgan bu hovli egalari¸ 30 sotixdan ko‘proq tomorqasida dehqonchilik va chorvachilik qilib¸ ro‘zg‘or tebratib kelgan.

Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan hukumat qarori bilan solinliklarga ham ayni MFY hududida quriladigan ko‘p qavatli uydan 3 xonali kvartira¸ 40 million so‘m tovon puli va 10 million so‘mlik Artel maishiy texnikasiga sertifikat berilgan.

Rasmiylar iddaosicha¸ bu hududni qayta qurish rejasiga muvofiq¸ Solin qishlog‘idagi 62 ta hovli va tomorqa yeri hokimlik ixtiyoriga o‘tkazilib¸ 70-yillardan beri bu yerda bog‘ va ekinzorga aylantirgan solinliklarga cho‘l hududidan yer berilishi kerak. Aholi 50 yil parvarishlagan bu hovli-joylar o‘rnida¸ rasmiylar ro‘kach qilayotgan "bosh plan"ga muvofiq¸ Ekopark va qovun bozori qurilishi belgilangan.

6 iyul kungi uchrashuv videosida Mirzaobod tuman hokimi “hammaga yeri qancha bo‘lsa¸ shuncha yer beraman” deydi. Ammo solinliklar¸ bu va’daning yana bir aldov ekanini aytmoqda.

Odamlarni ko‘ndirish uchun shunday deyapti og‘izda. Ba’zilarning 50 sotixgacha ekinzori¸ bog‘i bor. Ko‘nganidan keyin¸ oqarib yotgan cho‘ldan 4 sotix yer beryapti. Ko‘nsang shu¸ ko‘nmasang katta ko‘cha deyapti. Undan ortig‘iga kadastr bermayapti. Berayotgan yerida na suv bor¸ na yo‘l bor. Qip-qizil cho‘l. Hokimiyatdagilarning hamma gapi yolg‘onligini bilganimizdan¸ o‘z yerimizdan boshqa joy kerakmas¸ deyapmiz. Lekin davlat mashinasini ustimizga tashlaganidan keyin¸ xalq qo‘rqib qoldi. Prezident adolat deydi¸ shumi adolati?”¸ deydi hovlisi o‘rnida tiklagan yangi qurilishi buldozer qarshisida qolganlardan yana biri.

Yana bir suhbatdosh esa¸ suv toshqini o‘zi va o‘g‘illari uchun qurgan qariyb 15 xonali hovli-joyini vayron qilgani¸ 9 kishilik oilaga 3 xonali dom berish¸ “borib turgan insofsizlik” ekanini ta’kidladi.

Qishloq ahli hokimiyatning bunday "taklifi"ga o‘tgan oy ham ko‘nmasligini bildirgan edi.

Сардоба тошқинидан зиëн кўрган мирзаободликлар ва сардобаликлар ўз уйлари бузилишига норозилик билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:06 0:00

Ozodlik 6-7 iyul kungi mojaro¸ xususan¸ solinliklarning hokimlik sha’niga bildirayotgan e’tiroz va tanqidlariga munosabat olish uchun Mirazobod tuman hokimligi mulozimlari bilan bog‘landi.

“To‘polon”dan xabardorligini aytgan mahalliy mulozimlar¸ hokimning qarshilikni murosa bilan hal qilishga uringani¸ ammo “ayrimlarning o‘jarlik” yo‘lidan qaytmaganidan so‘ng¸ kuch qo‘llashga majbur bo‘lganini tan oldi.

Hokim Toshkentdan kelgan bosh rejani ijro qilishi kerak. Bu odamlar davlat o‘zlariga berayotgan yordamni tushunmayapti. Qancha tez yangi joyga ko‘chib¸ qurilishini boshlasa¸ o‘zlariga shuncha yaxshi bo‘ladi”¸ dedi tuman hokimligini o‘zini tanishtirmagan mulozimi.

1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida¸ rasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan¸ 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

Bu borada ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari hozircha jamoatchilikka e’lon qilingan emas.

XS
SM
MD
LG