Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:31

OzodDayjest: Deputat G‘aniyev Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevni "Qo‘pol, lekin mehnatkash" deb ta’rifladi


Farg‘ona viloyat hokimi jamoatchilik orasida o‘zining qo‘polligi bilan tanilgan.
Farg‘ona viloyat hokimi jamoatchilik orasida o‘zining qo‘polligi bilan tanilgan.

Temiryo‘lda 5 oyda 25 ta baxtsiz hodisa ro‘y berdi. “Cho‘ntak” advokatlar odil sudlovga bolta urayotgani qayd etildi. Bir aktrisaga Equinox, boshqasiga Malibu avtomobili sovg‘a qilindi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Temiryo‘lda ro‘y berayotgan fojialarning aksariga quloqchin sabab...

2020 yilning o‘tgan 5 oyi davomida O‘zbekiston temiryo‘llarida 25 ta baxtsiz hodisa sodir ro‘y bergan (“Huquq”, 2020 yil 26-son). Bu haqda Toshkent transport prokurorining yordamchisi Sadoqat Karimova ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur baxtsiz hodisalarning aksariyati fuqarolarning telefon quloqchinidan foydalanib ketayotgan paytda ro‘y bergan. Masalan, bir farzandning onasi bo‘lgan ayol telefonda quloqchin orqali suhbatlashgan holda temiryo‘ldan o‘tadi va baland signal chalib kelayotgan poyezdni ham ilg‘amaydi.

Oqibatda poezd uni urib yuboradi. Qayd etilishicha, telefonga mukkasidan ketish bu oilaga og‘ir musibat keltiradi.

“Quloqlarimiz qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush 80-85 detsibel. Quloqchinlar esa 110-130 detsibel tovush beradi va bu quloq pardasiga salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, u ikki quloqqa taqilganida miya uchun o‘ta kuchli elektromagnit maydon yuzaga keladi. Natijada miyadagi voqealarni anglash qobiliyati susayadi”, - deb yozadi S.Karimova.

“Qo‘pol, lekin mehnatsevar” – Deputat G‘aniyev hokim G‘aniyev haqida fikr bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev O‘zLiDeP tomonidan o‘tkazilgan intervyuda amakisi – Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida fikr bildirdi.

“To‘g‘ri, Shuhrat Madaminovich juda ham ziddiyatli shaxs, afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvlar sabab xalq orasida juda ham noto‘g‘ri siymo shakllanib qolgan... Birga ishlab yurgan jarayonimda bu odamdek haqiqiy vatanparvar, juda ham qattiq ishlaydigan odamni ko‘rmadim… To‘g‘ri, ziddiyatli tomonlari bor. O‘zlariga ham juda ko‘p tanqidlarimni aytaman. Endi, ular eski davrda ishlashgan, ularning shaxsiyati, boshqaruv uslubi shunday shakllangan. Lekin imkon qadar, biz ham aytyapmiz, o‘zlari ham tushunib yetyaptilar – zamon o‘zgarganini, ijroda yangi boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilayotganini, bundan buyon jamoatchilik bilan ishlash kerakligini tushunib etib, boshqaruv shakllarini o‘zgartiryapti” , - degan kichik G‘aniyev.

Qayd etilishicha, Sh.G‘aniyevdek vatanparvar, mehnatsevar, davlatga, davlat rahbariga sadoqatli rahbar kam.

“To‘g‘ri, ular jaydari, qo‘pol, odamlar bilan chiroyli, qulog‘iga yoqadigan gaplarni gapirishni bilmaydi, lekin ular juda mehnatsevar odamlar. Agar bu odamning mehnati bo‘lmaganida edi, ishonchim komil, uzoq yillar avval, dastlabki salbiy taassurotlar shakllangan vaqtdayoq davlat rahbari uni lavozimidan ozod etgan bo‘lardi” , - degan deputat D.G‘aniyev.

Bir aktrisaga Equinox, boshqasiga Malibu avtomobili sovg‘a qilindi

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaga turmush o‘rtog‘i Equinox avtomobilini tuhfa qildi (www.daryo.uz, 5 iyul). Sovg‘ani topshirish jarayoni aks etgan video Shahzodaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirildi.

Yaqinda uchinchi marta ona bo‘lgan xonanda va aktrisa Madina Mumtozga esa turmush o‘rtog‘i Malibu avtomobilini sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi.

“Ko‘chamizga sirenalar bilan avtomobillar kirib kela boshlaganida, mahallaga kelin-kuyov kelyapti deb o‘yladim. Ko‘chaga chiqsak, evakuatorda yangi bantikli oppoq mashina turibdi. Qaysidir qo‘shnimizga kimdir sovg‘a qilibdi, deb o‘yladim. Qarasam, atrofda hamma meni videoga olyapti. Hech narsaga tushunmasdan sekin yurib bordim. Xo‘jayinim bu mashina sizga, dedilar va o‘zlari boshqa joyga o‘tib ketdilar. Ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldim, ko‘zlarim yoshlandi”,- deya hissiyotlarini izhor etgan aktrisa M.Mumtoz.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 4 yanvar kuni bobo bo‘lgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘g‘il nabirani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qilgan edi.

XS
SM
MD
LG