Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:44

OzodSuhbat: “Orenburg chegarasini yopdi. Rossiyaning boshqa joylaridan O‘zbekistonni ko‘zlab yo‘lga chiqmang”


Ravshanhoji Kavlanov, Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari.
Ravshanhoji Kavlanov, Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari.

Sarlavhaga chiqarganimiz ogohlantiruv bilan Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari, 45 yashar Ravshanhoji Kavlanov Rossiyada ishlab yurgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga murojaat qildi.

Ravshanhoji Kavlanov bilan birinchi marta Orenburg oblastining Qozog‘iston bilan chegaradosh Buzuluk rayonida to‘planib qolgan o‘zbekistonlik muhojirlar masalasida 10 iyulda suhbatlashgan edik.

O‘shandan beri Buzulukda to‘planib qolgan muhojirlarning katta qismi poyezdda O‘zbekistonga (16 iyulda) olib kelindi. Biroq Ravshanhoji Kavlanovning 23 iyulda bildirishicha, poyezddan qolib qolgan bir necha o‘n kishi yoniga keyingi kunlarda yana boshqalar qo‘shilgan va natijada shu kunda O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini ochishini kutayotganlar soni 400 dan ortib qoldi.

Ravshanhoji Kavlanov bilan chegarada qolayotganlarning shu kundagi ahvoli haqida suhbatlashdik. Suhbatdoshimiz «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning chet eldan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarishni vaqtincha to‘xtatib, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga ham o‘z munosabatini bildirdi.

“Оренбург чегараcини ёпди. Россиянинг бошқа жойларидан Ўзбекистонни кўзлаб йўлга чиқманг”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:58 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG