Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:50

OzodDayjest: Og‘ir kasal Yulduz Usmonova, 41 ming dollarni qimorga yutqazgan bank xodimi


Yulduz Usmonova kasal bo‘lganidan vahima qilgisi kelmaganini aytdi.
Yulduz Usmonova kasal bo‘lganidan vahima qilgisi kelmaganini aytdi.

Yulduz Usmonova og‘ir xastalikni boshdan kechirdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova so‘nggi kunlarda og‘ir kasallikni boshdan kechirganini so‘zlab berdi (www.daryo.uz, 3 avgust).

“Kasal bo‘ldik, lekin vahima qilgim kelmadi. Nima qilaman odamlarning kayfiyatini buzib. Kimdir meni yaxshi ko‘radi, kimningdir ko‘rishga ko‘zi yo‘q. Kasal ekanligimni aytib, muxlislarimni xafa qilib, meni xushlamaydiganlarni xursand qilgim kelmadi”,- deydi taniqli xonanda.

Qayd etilishicha, Yu.Usmonova bronxial astmani boshdan kechirgan.

“O‘sha kunlari rosa yig‘ladim. Ollohimga duo qildim – shukr shu kunlarga ham, faqat shu kunlarda, bunaqa sharoitda olib ketma, dedim. To‘rtta odam ham kelmayapti-da janozaga. Korona desa, qarindoshlar ham kelmayapti. Doktorlar ham kelsa-kelmasa, hammayoqda korona deb tashlayapti. Ko‘pchilikda astma bor, ayrimlarda bronxit yoki pnevmoniya. O‘zimizni asraylik, bolalarga muzdek ichimlik, muzqaymoq bermaylik, konditsioner yoki ventilyator ostida yotmaylik” , - deydi Yu. Usmonova.

Shuningdek, xonanda pandemiya davrida ancha-muncha aqlini yig‘ishtirib olgani, inson uchun muhimi salomatlik ekanini anglab yetganini bayon qilgan.

Koronavirus bo‘yicha test tizimini yaxshi yo‘lga qo‘ya olmagan mansabdorlar ishi prokuraturada o‘rganiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida poytaxtdagi pandemik vaziyat atroflicha muhokama qilindi (“Milliy tiklanish” gazetasi, 5 avgust).

Sessiyada Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Behzod Odilov va Sanitariya osoyishtalik markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayeva hisoboti tinglangan.

Qayd etilishicha, sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi rahbari B. Odilov deputatlarning dehqon bozorlarida sanitariya holatiga to‘la rioya qilinmayotgani, epidemiya o‘choqlari nazoratga olinmagani, shuningdek, tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar yuzasidan bergan savollariga javob bera olmagan.

Deputatlar sanitariya osoyishtalik markazi rahbari M.Qudratxo‘jayevaning hisobotidan ham qoniqmagan. Ta’kidlanishicha, markaz aholi murojaatlari yuzasidan uylarida o‘z-o‘zini ihotalagan fuqarolar holidan xabar olishni to‘g‘ri tashkil qilmagan.

Kasallik va o‘lim holatlarini qayd etish bo‘yicha esa real ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

O‘z vaqtida choralar ko‘rilmagani natijasida bir kunda bor-yo‘g‘i 1000 kishidan test olish sharoiti yaratilgan, xolos. Holbuki, bir kunda test uchun 4000 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Sessiyada B.Odilov va M.Qudratxo‘jayeva o‘z lavozimiga noloyiq deb topilgan. Deputatlar ular faoliyatidagi qonun buzilish holatlarini o‘rganish uchun prokuraturaga taqdimnoma kiritish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Bankning 41 ming dollardan ziyod pulini qimorda yutqazgan xodimga jinoyat ishi ochildi

“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki To‘rtko‘l minibanki kassiri Begijon Ruzumovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (www.human.uz, 3 avgust).

To‘rtko‘l tumani prokurori M.Matchanovga ko‘ra, bank xodimi moddiy javobgar bo‘lgani holda, o‘ziga ishonib topshirilgan 41 ming 395 AQSh dollarini o‘zlashtirgan. Naqd pul shaklida o‘zlashtirilgan mablag‘ni esa “1xBet” ilovasining dov o‘yinida yutqazgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG