Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:23

Qamoqda COVIDga chalinganlar soni oshib bormoqda. Angrenda mahkumlar uchun karantin zonasi barpo etiladi


Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasida koronavirus tarqagan-tarqamaganiga oid hozircha ma’lumot yo‘q.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasida koronavirus tarqagan-tarqamaganiga oid hozircha ma’lumot yo‘q.

Shu yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasida o‘tgan operativ majlisda bu haqda ma’lum qilingan.

Nomi oshkor qilinishini istamagan IIV mulozimiga ko‘ra, yaqin orada Toshkent viloyatining Angren shahrida 3000 kishiga mo‘ljallangan karantin zonasi barpo etiladi.

Karantin zonasi barpo etish yuzasidan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Kapital qurilish boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan loyihalashtirish ishlari boshlangan.

Shuningdek, alohida jazoni ijro etish muassasalarida ham COVIDga chalingan mahkumlarga xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi sanitariya markazlari tashkil qilinadi.

Muassasalarni COVIDga jihozlash Toshturmadan boshlandi

4 avgust kungi yig‘ilishda bevosita qatnashgan ichki ishlar tizimi mulozimi Ozodlikka shaxsi sir tutilishi sharti bilan bu majlisda ochiqlangan ayrim qarorlarni ma’lum qildi.

GUIN rahbari Adilov Toshturmada mahkumlar uchun COVID markazini yaratish maqsadida 300 million so‘m, 4 ta kislorod balloni, 60 ta pulsoksimetr va bir necha IVL apparati ajratilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, mahalliy va xalqaro donorlar hisobidan tizim uchun koronavirusga qarshi preparatlari va Xitoyda ishlab chiqarilgan test moslamalari xarid qilinadi. Toshturma komendanti Abdurasul Majidovga bu masalada ko‘rsatmalar berildi”¸ dedi nomi sir qolishini istagan IIV mulozimi.

Majlis ishtirokchisining ta’kidlashicha, jazoni ijro etish mussasalarida tarqalib borayotgan koronavirusga qarshi kurashga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 861-son qarori bilan tashkil qilingan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining (JIEBB) Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘lari ham jalb qilinishi mumkin.

O‘zbek qamoqxonalarida koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda

4 avgust kungi yig‘ilish ishtirokchisining¸ unda keltirilgan raqamlarga tayanib aytishicha¸ O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalarida COVID ga chalingan xodim va mahkumlar soni ortib bormoqda.

Xususan¸ operativ majlisda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tergov izolyatorida 70 ga yaqin mahkum va tezkor vakil¸ qorovul qo‘shinlari askarlari yuqumli infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanib, karantinga olingani aytilgan.

Toshkent viloyatining Tovoqsoy posyolkasi va Olmaliq shaharlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida ham¸ yig‘ilishda keltirilgan raqamlarga ko‘ra¸ 20 nafar ishchi xodim va mahkumga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

Boshqa qamoqxonalar¸ xususan¸ Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida koronavirus tarqalgan-tarqalmagani haqida hozircha Ozodlik ixtiyorida ma’lumot yo‘q.

Toshturma kuchaytirilgan karantin tartibiga o‘tdi

Ichki ishlar vazirligining Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-sonli tergov izolyatori kuchaytirilgan karantin tartibiga o‘tdi. Muassasani qo‘riqlovchi Milliy gvardiya, Qorovul qo‘shinlari askarlari hamda 7 nafar mahkumlar koronavirus yuqtirish gumoni bilan karantinga olingan.

Bir necha xodimlarimiz gospitalizatsiya qilindi. Sud jarayonlari Toshturma va sud mahkamalari o‘rtasida tashkil qilingan onlayn videoaloqa ko‘rinishida tashkil etilyapti. Karantin me’yorlariga qat’iy amal qilinmoqda. Tez orada bu falokatdan qutulishimizga umid qilamiz”¸ dedi Ozodlik savoliga qisqa javob bergan muassasa maxsus qismi boshlig‘i, mayor Qahramon Hasanov.

Xalq tilida Toshturma deb ataladigan mazkur muassasaning kanselyariya bo‘limi xodimasi Chaman Mo‘minovaga ko‘ra, mahkumlar uchun jo‘natmalar, banderol va oziq-ovqatlar qabul qilinishi to‘xtatilgan. Karantin munosabati bilan mahkumlar yaqinlari va advokatlari ko‘risha olmayapti.

Rasmiylar qamoqxonalardagi koronavirusni sir tutmoqda

Shu yilning 22 may kuni hukumatning “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 316-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorning 5-bandiga ko‘ra, mahkumlarning o‘limi, sog‘lig‘i bilan bog‘liq ma’lumotlarning davlat siri toifasidan chiqarilgan. Shunga qaramay rasmiylar jamoatchilikka bu vaziyat¸ xususan¸COVIDdan kasallangan va o‘lgan mahkumlar soni haqidagi ma’lumotni bermay kelayotir.

Ozodlik 3 avgust kuni 47-manzil koloniyasidan kelgan "mahkumlarga koronavirus yuqdi"¸ degan xabar ortidan bog‘langan IIV mulozimi vazirlik matbuot xizmati bilan bog‘lanishni tavsiya qilgan, biroq kun davomida xizmat telefonini hech kim ko‘tarmagan edi.

Ichki ishlar vazirligi bundan 2 oy muqaddam – 30 mayda “Jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus "COVID-19" infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida barcha zarur ehtiyot choralari ko‘rilayotgani” to‘g‘risida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG