Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2020, Тошкент вақти: 05:08

O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustdan bosqichma-bosqich yumshatiladi. Nimalarga ruxsat beriladi, nimalarga taqiq saqlanib qolinadi?


Ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati ham tiklanadi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida 15 avgustdan boshlab karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12 avgustda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rsatma berganidan so‘ng Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.

Qarorga asosan 15 avgustdan shaharlarda avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi uchun ruxsat beriladi.

Sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati ham tiklanadi.

Ayni paytda banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Bir stol atrofida bir oila a’zolari bo‘lgan 4 kishi o‘tirishi mumkin. Bundan tashqari belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

15 avgustdan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari) faoliyatiga ham ruxsat beriladi.

17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.

17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyatiga ruxsat beriladi.

Qarorda aytilishicha, diniy tashkilotlar har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda ishlashi mumkin.

Ammo qaror bilan diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Ayni paytda quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:

fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;

tana harorati 37 gradus va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;

tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari, to‘yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;

parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;

umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno);

tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;

65 yoshdan oshgan shaxslarning “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

XS
SM
MD
LG