Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:45

Jasliq sobiq mahkumi o‘zini nohaq qamaganlardan 500 million so‘m tovon puli talab qilmoqda


Huquq faoli Cho‘yan Mamatqulov avvalroq Islom Karimovni sudga berishga uringan edi.
Huquq faoli Cho‘yan Mamatqulov avvalroq Islom Karimovni sudga berishga uringan edi.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston qurolli kuchlari sobiq zobiti¸ huquq faoli Cho‘yan Mamatqulov fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi.

12 avgust kuni berilgan bu arizasida 50 yashar Mamatqulov umrining 6 yilini Jasliqda azob-uqubatda o‘tkazgani ortidan yetkazilgan ma’naviy ziyonni qoplash uchun o‘zini nohaq qamagan tizimlardan 500 million so‘m tovon puli undirilishini so‘ragan.

Ozodlik tasarrufida Jasliq lagerining sobiq mahbusi tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda hukm etish va ozodlikdan mahrum etilganlik oqibatida yetkazilgan ruhiy-ma’naviy aziyatlar va azob-uqubatlar uchun ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida da’vo arizasi nusxasi mavjud.

Arizasida huquq faoli tovon pulining Qashqadaryo viloyat prokuraturasi, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Qarshi shahar ichki ishlar bo‘limi muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qarshi shahar Moliya bo‘limidan undirishni so‘ragan.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining odam o‘g‘irlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish, giyohvandlik singari qator ayblar bilan jazo muddatini o‘tab chiqqach, Cho‘yan Mamatqulov Qashqadaryo viloyat sudining 2020 yil 18 martdagi ajrimi bilan to‘liq reabilitatsiya qilingan.

Jazo muddatining katta qismini Jasliq lagerida o‘tab chiqqan Cho‘yan Mamatqulov 2012 yilning 29 avgustida qamoqqa olingan va Qashqadaryo viloyati sudining hukmi bilan 10 yilga qamalgan edi.

2018 yilning 25 martida shartli ravishda jazo muddati tugashidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2020 yilning 18 martida esa unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi - tarkibida jinoyat alomatlari topilmagani uchun to‘liq bekor qilingan.

Ozodlik bilan suhbatda huquq faoli bekor qilingan jinoyat ishi doirasida o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon puli talab qilayotganini aytadi.

- O‘sha ish doirasida 29 oy - 880 kun g‘ayriqonuniy ravishda qamoqda saqlandim. Jasliqda ruhiy va jismoniy azob chekdim. Voyaga yetmagan bolalarimdan ayri qoldim. Bularning hammasi - ruhiy-ma’naviy azob hisoblanadi. Ajrimda, fuqaroga yetkazilgan moddiy-ma’naviy zarar qoplansin, deyilgan. Shuning uchun men 500 million so‘m miqdorida tovon puli talab qildim. Qonunchilikda ma’naviy zarar miqdori belgilanmagan, men o‘zim shu summani talab qildim, aslida bu ham oz. Ozodlikning qiymatini pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Ayni paytda huquq faoliga nisbatan 2015 yilda Navoiy shahar sudi tomonidan o‘qilgan yana bir sud hukmi bor.

Mamatqulovning aytishicha, Navoiy shahar sudining 2015 yil 17 martdagi hukmi bilan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 221-moddasi 2 qismi “b” bandiga asosan - qamoqxona ichki tartibini buzdi, degan ayblov bilan jinoyat ishi ochilgan. O‘shanda sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy qamoq jazosi berilgan.

- Qamoqdagi mahbuslar buni raskrutka, deydi. Ichkaridagi maxsus mahkumlarni tuhmati bilan menga yana 3 yildan ortiq jazo berilgan edi. Lekin, 2018 yilda har ikki hukm bo‘yicha jazoni to‘liq o‘tab bo‘ldi, deb chiqarishgan. Ammo, oqlov dastlabki hukm - Qashqadaryo viloyati sudi hukmi bo‘yicha chiqarilgan. Navoiy shahar sudi hukmi bo‘yicha oqlanish uchun harakat boshlaganman. Men talab qilayotgan tovon puli hayotimning o‘g‘irlangan qismini qaytarib berolmaydi. Shunga qaramay¸ qonuniy huquqlarimdan foydalanmoqchiman. O‘ylaymanki, adolatga erishaman. Meni nohaq qamaganlar jazoga tortiladi, - dedi Cho‘yan Mamatqulov Ozodlik bilan suhbatda.

Quyida huquq faoli bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:33 0:00
Бевосита линк

O‘z vaqtida marhum prezident Islom Karimovni sudga bergan huquq himoyachisi murojaatida sudga o‘zini tergov qilgan huquq-tartibot organlari, tergov xulosasini qonunlashtirigan sudyalarni jazoga tortishni so‘ragan.

Cho‘yan Mamatqulov 2012 yil 29 avgustida Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan hibsga olinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining 2013 yil 8 fevraldagi hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2018 yilning martida Jasliq lageridan ozod qilingan.

Shu yilning 20 martida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov uning oqlanganini mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG