Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2020, Тошкент вақти: 15:27

Vabo paytidagi bayram? Andijon hokimi kenja qizining tug‘ilgan kuniga dabdabali ziyofat uyushtirdi (VIDEO)


Davlat mulozimi sifatidagi oyligi 200 dollardan oshmaydigan hokim qizining tug‘ilgan kuni¸ uni bevosita kuzatgan andijonliklarga ko‘ra¸ bir necha o‘n ming dollardan oshgan.

16 avgust kuni Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov kenja qizining 19 yoshga kirishi munosabati bilan ziyofat uyushtirdi.

Ko‘rinishidan hokimning shaxsiy hovlisidagi basseyn bo‘yida kunduz boshlanib¸ tunga qadar davom etgan tadbirni Toshkentdan maxsus chaqirtirilgan Munisa Rizayeva va boshqa san’atkorlar o‘tkazdi.

Ozodlikka taqdim etilgan fotosuratlardan¸ karantin qoidalari yumshashi bilan o‘tkazilgan bu tadbirda xizmat ko‘rsatuvchilar sonining o‘zi 30 dan oshgani ko‘riladi.

Вабо пайтидаги байрам? Андижон вилоят ҳокими кенжа қизига дабдабали туғилган кун зиëфати уюштирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:13 0:00

Andijondagi xususiy bu tadbir haqida Munisa Rizayeva o‘z Instagram sahifasida surat va videolarni ulashdi.

Ularning birida Rizayeva “Andijonga kirib kelayotganini ko‘rsatsa¸ boshqasida tadbirga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqagan surat va videolarga qaraganda¸ ziyofat so‘ngida Shuhrat Abdurahmonov qiziga Gentra rusumidagi yangi avtomobil sovg‘a qilgan.

“O‘zavtosanoat”ning Andijon salonlarida savdoga qo‘yilgan Gentra narxi 138 million (13 ming AQSh dollari)gacha boradi.

Moliya vazirligining 2019 yilgi xabariga ko‘ra¸ O‘zbekistonda deputat va senator – 1 mln 560 ming 413 so‘m (150 AQSh dollari atrofida)¸ viloyat hokimi – 1 mln 899 ming 783 so‘m (190 dollarga yaqin) oylik oladi.

2013 yildan beri Andijon viloyatiga hokimlik qilayotgan Shuhrat Abdurahmonovning biznes bilan shug‘ullanishi haqida ochiq ma’lumot yo‘q.

Mahalliy matbuotga ko‘ra¸ Munisa Rizayeva O‘zbekistondagi “qimmat” xonandalardan biri va uning shaxsiy to‘y-ma’rakani o‘tkazib berish narxi 4-5 ming dollargacha boradi.

“Viloyat otasi” uyushtirgan ziyofatga munosabat

Ozodlikka hokim qizining tug‘ilgan kuni ziyofati haqida fikr bildirgan oddiy andijonliklar¸ buni "vabo paytidagi bayram"ga qiyosladi.

Bugun Andijon viloyati hokimining kichik qizi Qizlarxon Abdurahmonovanining tug‘ilgan kuni bo‘ldi. 30 kishidan ko‘p odam aytilgan ziyofatni Munisa Rizayeva o‘tkazdi. Shunday karantin zamonda xalq qiynalayotgan bir vaqtda shunaqa katta tug‘ilgan kun qilish shartmidi? Xalq qiynalib¸ hatto oziq-ovqat topa olmayotkan bir vaqtda viloyatning otasi hisoblangan bu odamning bunday ko‘p sonli odamni to‘plab¸ qiziga tug‘ilgan kun qilishi kunini zo‘rg‘a ko‘rayotgan xalqni o‘ksitmaydimi? Nozu nematlarga to‘la dasturxonni ko‘rib, uyida hatto qora qozoni qaynamayotgan odamlar xayolingizga keladi. Karantin qoidalari to‘laligicha buzib o‘tkazilgan bu tug‘ilgan kun juda ko‘pchilikni o‘ksitdi».

Pandemiyaga qadar prezident Shavkat Mirziyoyev keltirgan raqamga ko‘ra¸ 2020 yil yanvariga qadar mamlakat aholisining 4 millionga yaqini kambag‘allikda kun kechirayotgan edi.

O‘zbekistonda mart oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi tarqashini jilovlash uchun kiritilgan karantin cheklovlari oqibatida mamlakatdagi kambag‘allar soni keskin oshib bormoqda.

Pandemiya davrida ishi va daromad manbaidan ajragan yuz minglab oilalar tirikchilik uchun hukumat tomonidan berilayotgan oziq ovqat va moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qolgan.

Joriy yilning may oyida prezident Mirziyoyev Abdurahmonovga Andijondagi 41 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish haqida topshiriq bergan.

Prezidentning 30 iyul kungi farmoni bilan 15 avgustga qadar kambag‘allar temir daftariga kiritilgan 1 million 700 ming odamga 220 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam berildi.

Andijon hokimining «saxovatpesha»ligi manbasi mavhum qolmoqda

Andijon viloyatiga 7 yildan beri hokimlik qilayotgan Shuhrat Abdurahmonov O‘zbekistonda shov-shuvli hatti-harakatlari¸ xususan¸ manbai ochiqlanmagan saxovatpeshaligi bilan tanilgan davlat mulozimlaridan biri.

20 iyul kuni Shuhrat Abdurahmonovning koronavirus muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot brifingiga borgan jurnalistlarga 5 million so‘mdan "hokim hadyasi" tarqatildi.

Bundan oldin ham Shuhrat Abdurahmonovning futbolchi, terimchi¸ shoir va raqqosalarga pul va mashinalar sovg‘a qilgani aks etgan videolar tarqagan edi.

Buning ortidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday sovg‘alar uchun pul kimdan¸ qayerdan olinyapti, degan savolni o‘rtaga tashlab keladi.

Hokim Abdurahmonov esa bu savollarga "berayotgan bo‘lsam xalqimga beryapman", deya javob qilgan.

O‘tgan yil 25 noyabr kuni viloyatlik sportchilarni taqdirlash marosimida Andijon viloyat hokimi: "Kimlardir muhokama qilib ko‘ryapti buni ham hokim qatdan oberyapti, nima oberyapti. Men berayotgan bo‘lsam, xalqimga beryapman. O‘zim yemayapman, shu xalqimga beryapman men", degan edi.

Hozirga qadar byudjetdan kamtar oylik oladigan davlat mulozimi sanalgan hokim bunday sovg‘alar manbasini ochiqlamagan.

O‘zbekistonda davlat mulozimlaridan o‘z daromadi va uning manbasini jamoatchilikka ochiqlashni talab qiluvchi qonun hozirga qadar qabul qilinmagan.

XS
SM
MD
LG