Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 17:16

1-guruh nogironi: Hokimlik "temir daftar"dan o‘chirgani uchun moddiy yordam berilmadi!


Birinchi guruh nogironi Muzaffar Nazarov.

Qashqadaryo viloyat, Qarshi tuman, Poshton qishlog‘ida yashaydigan birinchi guruh nogironi 43 yashar Muzaffar Nazarov OzodMikrofonga murojaat qilib¸ nochorlikda yashashiga qaramay¸ prezident farmoni bilan tarqatilgan bir martalik moddiy yordam berilmaganini bildirdi.

“Birinchi guruh nogironiman, bir nafar 11 yashar qizim bor. Prezidentimiz tomonidan kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan hayitlik puli (Bosh vazirning 29 iyul kungi qarori nazarda tutilmoqda), jon boshiga 220 ming so‘mlik yordam bizga berilmadi. Oqsoqolimizdan so‘rasam, tuman hokimligi meni ro‘yxatdan o‘chirib tashlabdi, emish. Chunki mening xotinim ishlar ekan. U viloyat kasalxonasiga borib ishlab keladi. Topgani yo‘lkiraga ketyapti. Xotin maoshi va mening pensiyam bir oyga 1 million 600 ming so‘m bo‘lar ekan. Agar dollarga aylantirsak 150 dollar bo‘ladi. Shuni 3 kishiga bo‘lsak 50dan to‘g‘ri keladi. 50 ni 30 kunga bo‘lsak bir kunga 1 dollar 60 tsentdan tushadi ekan. Elektr energiya, ballonli gaz, soliqlar va boshqa xarajatlarni hali hisoblaganim yo‘q. Mening pensiyamning yarmi dori-darmonimga ketadi.

Men o‘zim sportchi, to‘rt mucham sog‘ yigit edim. 1995 yil bir melisa mayor unvonini olib, o‘shani yuvish marosimidan mast holda chiqib, mashinada katta tezlikda meni urib yuborgan edi. Bir yarim yil kasalxonalarda yotib, bir necha marta operatsiya bo‘ldim, oyog‘im suyagidan to‘rt santimetr kesilgan, boshim olgan zarbdan ko‘zimning to‘rpardalari uzilib ketgan ekan, asta sekin ko‘zlarim ham ko‘rmay qoldi. Agar salomat bo‘lganimda edi, birovning yerini ag‘darib bo‘lsa ham oilamni boqardim, bulardan pul so‘ramagan bo‘lardim. Prezidentimiz o‘zi bergan yordamni pastdagilar egalariga yetkazishmayapti”.

1-гуруҳ ногирони: Ҳокимлик "темир дафтар"дан ўчиргани учун моддий ëрдам берилмади!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:37 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG