Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:31

"Ko‘ryapmiz belaruslarning Lukashenkoga ishonchini - borgan joyidan “Uxodi!” deb haydashyapti...


O‘n kundan beri noroziligini bildirish uchun ko‘cha va maydonlarga chiqayotgan o‘n minglab belaruslar 27 yildan beri hokimiyatni hech kimga bermay kelayotgan Lukashenkoda "Ket!" deb xitob qilmoqda.
O‘n kundan beri noroziligini bildirish uchun ko‘cha va maydonlarga chiqayotgan o‘n minglab belaruslar 27 yildan beri hokimiyatni hech kimga bermay kelayotgan Lukashenkoda "Ket!" deb xitob qilmoqda.

"Prezidentimiz apil- tapil qilib, shoshib, Putindan juda orqada qolib ketmay¸ deb Lukashenkoni tabrikladilar. Endi bu yog‘i rasvo bo‘lyapti!!!

Xalqaro tajribada bunaqa "tabrik"larni qaytib olish tajribasi bormi? Bo‘lsa¸ qanday? Tassavvur qiling - hozir Belarus prezidentligidan "Sasha" akamiz ketib qolsa- yu uning o‘rniga Sveta singlimiz kelib qolsa... Keyin kattaroq bir xalqaro sammitda Sveta singlimiz Shavkat akamiz bilan uchrashib qolsa, juda noqulay bo‘lmaydimi?

Fermer akalarimiz olmoqchi bo‘layotgan MTZ 80 traktorlar buning natijasida qimmatlab ketmasmikan? Yoki, yana bir kechirim so‘rash bilan hammasi joyiga tusharmikan? Ex- savollarim ko‘pu , javob beradiganlar yo‘qda!"

Ozodlik pochtasiga o‘zbekistonliklardan biri yuborgan bu savollarga ayni qutiga ayni mavzuda maktub yozgan boshqa bir o‘zbekistonlik mulohaza bildiribdi.

Bir-biridan mustaqil ravishda Belarus voqealarining O‘zbekistondagi aks-sadosiga to‘xtalgan ikkala muallif ham shaxsini ochiqlamagan. Ozodlik ular fikrlarini tahrirsiz taqdim etmoqda.

***

Yevropaning eng oxirgi diktatori Aleksandr Lukashenkoning kuni bitib qolganga o‘xshayapti. Shunday bo‘lishi, albatta, oldindan tayin edi. Chunki, demokratiya qanchalik nuqsonli bo‘lmasin, hozircha insoniyat undan afzalini o‘ylab topmagan. Diktaturaning mantiqiy nihoyasi mana shunday ayanchli bo‘ladi.

Bu yerda “ayanchli” so‘zi xayriyatki, hozircha faqat Lukashenkoning o‘zigagina tegishli. Ilohim shunday ham bo‘lsinda, belorussiyaliklarning qoni to‘kilmasin.

Prezident Mirziyoyev Lukashenkoni davlat rahbarlaridan to‘rtinchi bo‘lib “saylovlardagi ishonchli g‘alaba” bilan tabriklagan edi.

“... ovoz berish natijalari Aleksand Lukashenkoga nisbatan xalqning ishonchi naqadar ulkan ekanligini yana bir bor namoyon etdi”.

Bu so‘zlar Mirziyoyevning tabrik so‘zidan olindi. Ko‘ryapmiz, belorussiyaliklarning ishonchini. Borgan joyidan odamlar “Uxodi!” deb haydashyapti.

Turkmaniston prezidenining Lukashenkoga tabrik yo‘llamagani meni hayron qoldirib, sababini qidirishga tushdim. Gap boshqa yoqda ekan.

Mustabid tuzumlarda saylov, “erkin demokratik saylovlar” tushunchalari, shunchaki balandparvoz va formal so‘zlar ekanligi haqida hali yana yozarman.

Ammo, mana shu maqolani yozishga, taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayevning Ozodlik radiosiga bergan intervyusi turtki berdi.

Suhbat boshida Belorussiya voqealari haqida gapirib Sharof aka :“Xudo hech kimning boshiga Lukashenko kunini solmasin!”, deb aytdilar.

“Prezident yoki Bosh vazir qatnashadigan majlislarda ishtirokchilar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida qandaydir ko‘rsatmalar bormi yoki yo‘qmi?”, degan savolga Sharof aka bunday holat ilgari bo‘lmagani, hozir esa avjiga chiqqanligi haqida gapirdi.

Ushbu maqola shular haqida.

Aytish kerakki, Karimov boshqaruvi davrida Lukashenko endi prezident etib saylanganidan keyin, o‘tgan asrning 90- yillarida bir marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Biroq 1999 yilda Rossiya va Belorussiya o‘rtasida “Ittifoq davlatini tuzish” to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan keyin Karimov bu shartnomaning eng ashaddiy tanqid qilganlardan bo‘lgan edi.

Hattoki, o‘sha davrda uning matbuot kotibi bo‘lgan Rustam Jumayev “lukashizm” atamasini ham ishlatib, bu qanchalik zararli ekanligini bot-bot takrorlar edi.

Tabiiyki, Lukashenko uchun O‘zbekistonga yo‘l yopiq bo‘ldi, uning ochilganini Karimov vafotidan so‘ng, Lukashenkoning Karimov qabriga “fotiha” o‘qigani kelganida o‘zidan eshitdik.

Lukashenkoning O‘zbekistonga davlat tashrifi tayyorlanib, tashrif kunlari aniq bo‘lgan ekan, bu O‘zbekiston-Belorussiya munosabatlarida tub burilish yasashi lozim edi. Biroq...... bu keyinroq yuz berdi.

Ma’lumki, A. Lukashenko 2018 yilning 12-14 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

O‘sha kunlari, Toshkentning qoq markazida, ilgari Sobir Rahimov, Yo‘ldosh Oxunboboyev kabi yirik arboblar dafn etilgan, keyinchalik tekislab tashlangan, bir necha muddat Zulfiyaxonim haykali turgan va u ham, keyinchalik boshqa joyga ko‘chirilgan maydonga, belorus shoiri Yakub Kolasga haykal (byust) o‘rnatilib, markaziy ko‘chalardan biriga uning nomi berildi.

Yakub Kolas kim ekan, deb qidirib ko‘rsak, u urush paytida biroz Toshkentda yashagan ekan va Toshkentga atab bir-ikita she’r yozgan ekan. Uning atoqli shoir ekanligiga biror shubha yo‘q, ammo unga O‘zbekiston poytaxtining qoq markazida haykal qo‘yilishi, Belorussiya Prezidenti A. Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi arafasidagi o‘zbekona iltifot-mehmondo‘stlik ifodasidan boshqa narsa emas edi.

Xullas, o‘sha kunlari Prezident Administratsiyasi topshirig‘i bilan Yakub Kolas haykali poyiga gul qo‘yish tantanali marosimini o‘tkazish kerak bo‘lib, unga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Mas’ul idoralar tomonidan Toshkentda yashovchi beloaus millatiga mansub vatandoshlarimiz qidirib topildi va ular o‘zlarining milliy kiyimlarni kiyib, tayinlangan kunda maydonga borib turish tayinlandi. Ular ko‘pchilik emas ekan, 5-6 kishi bo‘lib kelishdi, ularga boshqa millat vakillarini qo‘shib, O‘zbekiston bag‘rikeng diyor ekanligini namoyish etiladigan bo‘ldi. Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tgan bo‘lsada¸ bu “yuqoriga” yoqmagan.

Tadbirni boshqatdan o‘tkazish kerak bo‘lib qoldi va Prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari, barcha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, shoir va yozuvchilar, artistlarni bir joyga yig‘ib, 3 kun davomida tadbirga tayyorgarlik ko‘rildi va 3 marotaba “repititsiya” o‘tkazildi. Unda kim qayerda turishi, kimlar so‘zga chiqishi va nimalar deyishi, ommaviy axborot vositalariga kimlar intervyu berishi va unda nimalar deyilishi nuqtama-nuqta batafsil ko‘rib chiqildi.

Ayrimlarning “muncha vohima?” deb so‘rashlariga “Lukashenkoga ko‘rsatib uni xursand qilish kerak ekan”, deb aytishdi.

O‘sha tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayid so‘zga chiqib, Yakub Kolasni “ulug‘ bobokalonimiz” deganida “dod” devorganman.

Xullas, mana shunaqa gaplar.

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Bu ruknda berilgan materiallar mualliflari qarashlari Ozodlik qarashlariga mos kelmasligi mumkin.​

XS
SM
MD
LG