Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2020, Тошкент вақти: 14:50

Kreml Navalniyning zaharlangani tasdiqlansa, tergov o‘tkazishini bildirdi


Kreml taniqli muxolifatchi, prezident Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va uni chet elda davolanishi uchun evakuatsiya qilishga ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda prezident Putin matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ayni paytda behush holatda Omsk shahar kasalxonasiga yotqizilgan Aleksey Navalniyni Berlinga olib ketish uchun Germaniyadan samolyot Moskvaga uchib keldi.

Vrachlar sun’iy nafas olish apparatiga ulangan Navalniy ahvolining og‘ir ekanini aytmoqda. Navalniy 20 avgustda Tomskdan Moskvaga qaytish arafasida ichgan choydan zaharlangani taxmin qilinmoqda.

Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Aleksey Navalniyning kasalxonaga yotqizilishi to‘g‘risidagi xabarlarni kuzatib borayotganini va unga tezroq sog‘ayib ketishida tilakdosh ekanini bildirdi.

Peskov Navalniyni chet elga davolanishga jo‘natish uchun uni evakuatsiya qilishga ko‘maklashishga va’da berdi.

Peskovning aytishicha, Navalniyni davolash uchun ayni paytda eng yaxshi shifokorlar jalb qilingan.

Kreml rasmiysi Navalniyning zaharlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, bu masalada tergov o‘tkazilishini ham bildirdi.

Ayni paytda Germaniya Aleksey Navalniyni Berlinda davolash uchun Rossiyaga samolyot jo‘natgani xabar qilindi. Germaniyaning Bild nashriga bu haqda Cinema For Peace jamg‘armasi ma’lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, juma kuni ertalab Aleksey Navalniyni olib kelish uchun Moskvaga samolyot uchib ketgan. Navalniyga Berlindagi Sharite kasalxonasi ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan.

Aleksey Navalniy yotqizilgan Omskdagi 1-sonli tez yordam klinikasiga 20 avgust kuni kechqurun Moskvadan reanimatolog va neyrofiziologlar yetib kelgan. Ular omsklik hamkasblari bilan Navalniyni davolash masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Navalniyning Omskdagi shtabi ma’lum qildi.

Shu bilan bir qatorda Navalniyning qarindoshlariga muxolifatchining ahvoli haqida hech qanday ma’lumot berilmayapti. Ozodlik ma’lumotiga ko‘ra, Aleksey Navalniy hozirda reanimatsiyaning toksikologik bo‘limida qolmoqda. Vrachlar sun’iy nafas olish apparatiga ulangan Navalniy ahvolining og‘ir ekanini aytmoqda.

Prezident Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Navalniyning Moskvaga qaytish arafasida ichgan choydan zaharlangani taxmin qilinmoqda.

Safdoshlari va guvohlarga ko‘ra¸ 20 avgust kuni ertalab Rossiyaning Tomskdan Moskvaga uchayotgan paytda Navalniyning ahvoli to‘satdan yomonlashgan va samolyot Omsk aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma (FBK) matbuot kotibi Kira Yarmishning xabar qilishicha, chaqirtirilgan vrachlar Navalniy zaharlanganini bildirgan. Kira Yarmish Navalniy ertalabdan bir stakan choydan boshqa hech narsa tanovul qilmagani va aynan “choyga nimadir qo‘shib berishgani”ni taxmin qilmoqda.

XS
SM
MD
LG