Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:03

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

2 sentabr kuni Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Islom Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan “davlat mustaqilligi asriy orzum amalda ta’minlagan olamshumul voqea bo‘lgani”ni ta’kidlagan edi.

Prezident Mirziyoyev 2017 yil 25 yanvarda 2 sentabrni “Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida nishonlash” to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG