Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:42

COVID-19 Rossiyada o‘tgan yarim yilda o‘lim holatlari ko‘payishining asosiy sababiga aylandi


Rossiya Federal davlat statistika xizmati (Rosstat ) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2020 - yilning ilk yetti oyida o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 57 961 nafarga ko‘proq kishi vafot etgan.

Rossiyada shu muddat ichida 22,6 ming odam COVID-19 infeksiyasidan nobud bo‘lgan; 15,3 ming kishi boshqa sababga ko‘ra vafot etgan, deb qayd etilgan, ammo ular ham koronavirusga chalingan.

Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, poytaxtdagi ortgan o‘limlar sababchisi koronavirus infeksiyasidir.

Rosstat COVID-19 infeksiyasidan o‘lganlar statistikasida farqlar mavjudligini tasdiqladi.

Rossiya hukumatining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda aprel oyidan 18 - sentabrga qadar 19 195 nafar kishi COVID-19 infeksiyasidan nobud bo‘lgan. Rosstat hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilning to‘rt oyida (aprel-iyul) 22 590 nafar rossiyalik koronavirusdan o‘lgan. Bu virus yuqtirganlarning 2 foizidan ko‘proqni tashkil etadi.

Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Anna Ivanovaning aytishicha, ushbu ma’lumotlar bir-biriga mos kelmaydi.

"Chunki, - deydi u,- tezkor shtab statistikasida ular kasalxonalardan har kuni oladigan o‘limlar soni ko‘rsatilgan. Rosstat e’lon qilgan ma’lumotlar esa tibbiy o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar asosida to‘plangan".

XS
SM
MD
LG