Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:09

Putinning yaqin do‘sti Rotenberg Yevropa banki yordamida millionlab dollar pul yuvgani o‘rtaga chiqdi


1990-yillarda hech kimga ma’lum bo‘lmagan Arkadiy Rotenberg Putinning 20 yillik hukmronligi davrida milliarderga aylangan
1990-yillarda hech kimga ma’lum bo‘lmagan Arkadiy Rotenberg Putinning 20 yillik hukmronligi davrida milliarderga aylangan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin do‘stlaridan sanalgan Arkadiy Rotenberg AQSh va Yevropa Ittifoqi unga qarshi sanksiya joriy qilishi ortidan Yevropaning eng yirik banklaridan biri yordamida millionlab dollar mablag‘ni yuvgan. Bu haqda sizdirilgan hujjatlardan ma’lum bo‘ldi.

BBC 20 - sentabr kuni AQSh Moliya departamentidan sizdirilgan hujjatlar asosida yozgan maqolada aytilishicha, Putinning uzoq yillik do‘sti Rotenberg Advantage Alliance deb nomlangan shirkat yordamida 2012 – 2016 - yillarda Barclays banki orqali 60 million dollar qiymatga ega operatsiyalarni bajargan.

Operatsiyalarning aksari Rossiya 2014 - yilda Qrimni anneksiya qilib olgani uchun AQSh va YeI Rotenbergga qarshi sanksiya joriy qilganidan keyin amalga oshirilgan. AQSh Moliya vazirligi Rotenbergdan tashqari uning ukasi Boris va o‘g‘li Igorga qarshi sanksiya joriy qilgan.

Sanksiyalar Kreml elitasini jazolashni hamda ular xalqaro moliyaviy tizimdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishni ko‘zlaydi.

Barclays banki Advantage Alliance hisobini 2016 - yilda yopgan, ammo Rotenbergga tegishli ekani aytilayotgan yana bir hisob – Ayrton Development Limited 2017 - yilgacha faoliyatini davom ettirgan.

Joriy yilning iyulida AQSh senati o‘tkazgan tergov ortidan aka-uka Rotenberglar sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun san’at asarlarini xarid qilgani oshkor bo‘ldi. Bu shubhali xaridni amalga oshirishda Advantage Alliance shirkati ishtirok etgani aytildi.

1990-yillarda hech kimga ma’lum bo‘lmagan Rotenberg Putinning 20 yillik hukmronligi davrida milliarderga aylangan. U o‘z boyligini asosan, hukumat shirkatlari bilan imzolagan shartnomalar yordamida to‘plagan.

Rotenberg hisoblari haqidagi ma’lumotlar Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurash tarmog‘idan olinib, avvaliga BuzzFeed nashri, so‘ngra Jurnalistik tadqiqotlar xalqaro konsorsiumi va jurnalistlarga sizdirilgan ikki mingdan ortiq hujjatlardan ma’lum bo‘ldi.

Hujjatlardan global banklar 1997 – 2017 - yillarda 2 trillion dollar qiymatga ega shubhali to‘lov operatsiyalarini amalga oshirgani anglashiladi.

XS
SM
MD
LG