Линклар

Шошилинч хабар
27 октябр 2020, Тошкент вақти: 14:57

Kamensk-Shaxtinsk vokzalida vafot etgan muhojir jasadi O‘zbekistonga olib ketildi


Chodir-shaharchadagi o‘zbek muhojirlari yo‘llar ochilishini kutmoqda

Rostov viloyatida 19 - sentabr kuni o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun yuborilgan poyezdga chiqayotgan 33 yoshli Ramiz J., vafot etdi. Samarqandlik muhojir jasadi 23 - sentabr kuni O‘zbekistonga olib ketildi.

Shifokorlar uning o‘limiga koronavirus emas, balki oldin qurilishda olgan jarohati sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

1987 - yil 13 - sentabrda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan Ramiz J. 2020 - yilning 19 - sentabr kuni Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinsk shahri yaqinida o‘zbekistonlik muhojirlar uchun tashkil qilingan chodir-shaharchada vafot etgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining bildirishicha, “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha hayotdan ko‘z yumgan.

- Uning ahvoli poyezdga minayotganida birdan yomonlashdi va u shu yerdayoq vafot etdi. Chaqirtirilgan “tez yordam” uning o‘limini qayd etdi, jasadni o‘likxonaga olib ketdi. 23 - sentabr kuni uning amakisi jasadni keyingi reysda O‘zbekistonga olib ketdi, deya xabar qildi “Interfaks” nashriga O‘zbekistonning Rostovdagi konsuli Rustam Qo‘rg‘onboyev.

33 yashar o‘zbek migrantining o‘limi borasida Kamensk-Shaxtinsk shahri Lixovskoy mikrorayoni ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Sribniy bunday izoh berdi:

- Uning ahvoli vokzal maydonidayoq yomonlashdi. Yonimizda bo‘lgan qutqaruvchilar uni jonlantirishga urinib ko‘rishdi. 23 - sentabr kuni uning jasadi otasi bilan birga O‘zbekistonga uchoqda jo‘natildi, dedi ma’muriyat rahbari jurnalistlar oldida qilgan chiqishida.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ramiz J. Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinsk shahrida muhojirlar uchun tashkil qilingan chodir shaharchada yashamagani haqida maxsus xabar tarqatdi.

U Sankt-Peterburg shahridan Kamensk-Shaxtinskka 14 - sentabrda yetib kelgan va sog‘ligi yomonlashgani sababli shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

19 - sentabr kuni u kasalxonadan poyezdga chiqarilish uchun “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, "fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan. Marhumning jasadi charter reys orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan”.

Ozodlik aniqlashicha, Ramiz J.ning jasadi Kamensk-Shaxtinsk Markaziy shahar shifoxonasida tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Shifokorlar unda bir tomonlama pnevmoniya hamda qon-tomir kasalliklari bo‘lganini aniqlashgan.

33 yashar muhojir Kamensk-Shaxtinskka O‘zbekistonga poyezdga chipta olgani sababli kelib qolgani ham ma’lum bo‘ldi.

Ismini oshkor qilishni istamagan vrach Ozodlik bilan suhbatda Ramiz Sankt-Peterburgda qurilishda ishlagani va qo‘lidan jarohat olib, uyga davolanishga ketmoqchi bo‘lganini aytdi. Vrachning so‘zlariga ko‘ra, bu jarohat muhojir tanasida tomir trombozini keltirib chiqargan va u yiringlashga olib kelgan.

Vrach o‘zbek migranti xuddi shu simptomlar bilan Shaxtinskdagi kasalxonada 5 kun davolanganini bildirdi.

Biroq shifokor dastlabki ekspertiza xulosalariga qaramasdan, o‘zbek muhojirining o‘limi yuzasidan rasmiy tashhisni sud-tibbiy ekspertiza tayinlashi mumkinligini bildirdi. U hozircha rasman Ramiz J.ning "o‘limi sabablari noma’lum qolgan", deya izohlanishini ham qo‘shimcha qildi.

Minglab o‘zbekistonlik mehnat migrantlari chegara yopilganidan keyin Rossiyada qolib ketdi
Minglab o‘zbekistonlik mehnat migrantlari chegara yopilganidan keyin Rossiyada qolib ketdi

21 - sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Novosibirsk, Rostov-Don va Samaradan 2538 o‘zbekistonlikni olib kelganini xabar qilgan edi.

O‘zbekiston Bosh konsulligiga ko‘ra, hozirda Kamensk-Shaxtinsk muhojirlar vaqtinchalik lagerida 600 yaqin odam qolgan.

Ular ham 25 - sentabr kungi reysda poyezdda Volgograddan O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.

Ozodlik Rossiyaning Samara, Rostov va Novosibirsk viloyatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlar bois vataniga qaytolmagan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari lagerlari borasida xabar va lavhalarni berib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG