Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 04:05

Tramp yangi yilgacha  barcha AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketmoqchi


Prezident Tramp 2019 -yil noyabrida Afg‘onistonning Bagrom harbiy bazasida AQSh askarlari bilan

AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi barcha Amerika qo‘shinlarini 25 - dekabrgacha olib chiqib ketish niyatida ekanini bildirdi.

Prezident Twitterda «Afg‘onistonda xizmat o‘tayotgan oz sonli JASORATLI erkak va ayollarimizni Rojdestvogacha uyga qaytarishimiz kerak», deb yozdi.

AQShda to‘rt haftadan keyin prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. 2016 - yilgi saylov oldidan Tramp «bitmas-tuganmas» urushlarni to‘xtatishni va’da bergan edi.

AQSh 2001 - yilda Tolibon guruhi 11 - sentabr hujumlarini amalga oshirgan «Al-Qoida» terror guruhiga boshpana berganini aytib, Afg‘onistonga bostirib kirganidan beri 19 yil o‘tdi.

Trampning tvitidan bir necha soat oldin AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Robert O’Brayan keyingi yil boshigacha Afg‘onistonda 2 500 nafar AQSh harbiysi qolishini bildirgan edi.

Avvalroq keyingi oyga qadar Afg‘onistondagi Amerika askarlari soni 4 000 ga tushirilishini ma’lum qilingan. O’Brayan esa ushbu jarayon tafsilotlarini ochiqladi.

«Prezident o‘z lavozimiga kirishganida, Afg‘onistonda taxminan 10 000 harbiy bor edi. Bugunga kelib ularning soni 5 000 ga yetmaydi va keyingi yil boshigacha 2 500 ga tushadi, - deb O’Brayan Nevadada so‘zlagan nutqida

Saylovoldi so‘rovnomalarda respublikachilar partiyasi nomzodi bo‘lmish Tramp Demokratlar nomzodi Jo Baydendan ortda qolmoqda.

Joriy yil fevralida imzolangan shartnomaga muvofiq,Tolibon Afg‘onistondagi boshqa ekstremistik guruhlarga qarshi kurashish hamda ularning AQSh va ittifoqchilariga hujum qilishiga yo‘q qo‘ymaslik majburiyatini zimmasiga olgan.

Buning evaziga, Vashington mamlakatdan o‘z qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqib ketishga rozi bo‘lgan. Ayni damda Qatarda Tolibon va Afg‘oniston hukumati vakillari o‘rtasida tinchlik muzokaralari davom etmoqda.

Qatardagi muzokaralar kun tartibiga Afg‘onistonda zo‘ravonliklarni kamaytirish hamda hokimiyatni bo‘lishish masalalari kiritilgan.

Muzokaralarda bugunga qadar deyarli hech qanday siljish bo‘lmadi va mamlakatda zo‘ravonliklar davom etmoqda. Oxirgi haftalarda sodir bo‘lgan hujumlarda o‘nlab hukumat askari va Tolibon jangarisi halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG