Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:45

Belarus muxolifati Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi


Minsk, 12 - oktabr, 2020 - yil
Minsk, 12 - oktabr, 2020 - yil

Belarus muxolifati rahbari Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkodan 12 kun ichida iste’fo berishni talab qildi, aks holda u umummilliy ish tashlashga yuz tutadi.

“Agar bizning talabimiz 25 - oktabrgacha bajarilmasa, butun mamlakat tinch namoyishlar uchun ko‘chaga chiqadi”, deb aytdi Tixanovskaya 13 - oktabr kuni e’lon qilgan murojaatida.

U shuningdek, barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish va Lukashenkoning iste’fosini talab qilayotgan namoyishchilarga qarshi zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi.

12 - oktabr kuni Belarus Ichki ishlar vazirligi rasmiysi prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlarni tarqatish uchun jangovar qurollar ishga solinishi bilan tahdid qilgan edi.


Ayni paytda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lukashenkoga qarshi sanksiya joriy qilishga kelishgan. Avvalroq Yevropa Ittifoqi Belarusda prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilishiga va namoyishchilarga qarshi zo‘ravonliklarga aloqador 40 nafar amaldorga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.


Belarus ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Kazakevich 14 - oktabr kuni videomurojaat e’lon qilib, «ko‘chalarni tark etmaymiz va mamlakatda qonun ustuvorligini kafolatlaymiz. Lozim bo‘lsa, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi maxsus jihozlardan hamda o‘qotar qurollardan foydalanadi», - deb aytdi.


Belarus xavfsizlik xizmatlari olomonni tarqatish uchun suv purkagichlar, esankiratuvchi granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanayotganini tan olib keladi.


Kazakevich namoyishchilar «haddan tashqari radikallashgani» va 11 - oktabr kuni pichoqlar bilan qurollanib, politsiyaga qarata tosh va shisha idishlarni uloqtirganini iddao qildi.


«Buning tinch namoyishlarga hech qanday aloqasi yo‘q», - deya ta’kidladi Kazakevich.Uning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlarda «jangchilar, radikallar, anarxistlar va futbol muxlislari» qatnashmoqda.


Bundan oldin Belarusda namoyishchilarga qarshi o‘qotar qurol ishlatilishi haqida oshkora tahdid yangramagan edi.Namoyishchilarga qarshi jangovar qurol ishlatilishi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin.


9 - avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovda Belarusni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenko g‘olib chiqqanini e’lon qilinganidan beri mamlakatda norozilik namoyishlari to‘xtamayapti.


Avgust oyida namoyishlar boshlanganida politsiya Brest shahrida namoyishchilarga qarata o‘q otilganini tan oldi. O‘shanda bir nafar namoyishchi halok bo‘lgan edi.


11 - oktabr kuni navbatdagi tinch namoyishga chiqqan belarusliklarni politsiya ayovsiz kaltakladi va politsiya mashinalariga bosib, olib ketdi. Ayrim namoyishchilar politsiya do‘pposlagani uchun qonga belandi. Aynan shu sababdan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lukashenkoga qarshi sanksiya joriy qilishga kelishib oldilar.


12 - oktabr kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat tashqi ishlar vazirlari sammitida prezidentlik saylovi «xolis va erkin bo‘lmagani» ta’kidlandi.


Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari buning ortidan amaldagi prezident Lukashenko «hech qanday legitimlikka ega emas», degan qarorga keldilar.


Belarus Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 -oktabr kuni 700 dan ortiq namoyishchi qo‘lga olingan.


12 - oktabr kuni militsiya Minskda o‘nlab namoyishchilarni do‘pposlagan va hibsga olgan.

XS
SM
MD
LG