Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:30

Tog‘li Qorabog‘da otashkesim yana buzildi – tomonlar bir-birini ayblamoqda


Tog‘li Qorabog‘ - jabha chizig‘idagi arman askari artilleriyadan o‘t ochmoqda - 25 - oktabr, 2020
Tog‘li Qorabog‘ - jabha chizig‘idagi arman askari artilleriyadan o‘t ochmoqda - 25 - oktabr, 2020

Armaniston va Ozarbayjon bir-birini 26 - oktabr kuni kuchga kirgan insonparvarlik otashkesimini buzishda aybladi.

Armaniston Mudofaa vazirligi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Ozarbayjon tomonidan ikki marta o‘t ochish yo‘li bilan buzilganini bildirdi.

Vazirlik matbuot kotibi Shushan Stepanyan Twitterda soat taxminan 9:10 da «Ozarbayjon tarafi janubi-sharqiy yo‘nalishdagi mavqelarni 5 marta artilleriyadan nishonga oldi», deb yozdi.

Armaniston vakili shuningdek, soat 8:45 da Tog‘li Qorabog‘ sharqidagi arman harbiy mavqelari o‘qqa tutilganini bildirdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Facebookda Armaniston tarafi «otashkesim rejimiga to‘liq amal qilishda davom etayotgani» haqida yozdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ham o‘z qo‘shinlari sulh shartlariga amal qilayotgani, ammo Armaniston harbiylari otashkesimni «yana bir bor qo‘pol ravishda buzgani» haqida bayonot berdi.

Тоғли Қорабоғ: Ўзбекистон можаронинг қайси томонида?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00

Tog‘li Qorabog‘da 26 - oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan boshlab gumanitar otashkesim kuchga kirdi. Bu haqda 25 - oktabr kuni AQSh, Armaniston va Ozarbayjon hukumatlarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilingandi.

Bugun kuchga kirgan bitim Tog‘li Qorabog‘da sentabr oxirida harbiy to‘qnashuvlar boshlanib ketganidan beri erishilgan uchinchi sulhdir.

Avvalroq AQSh Davlat Kotibi Mayk Pompeo Vashingtonda Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashgan.

25 - oktabr kuni prezident Donald Tramp taraflar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganidan mamnun ekanligini bildirgandi.

«Yarim tunda kuchga kiradigan otashkesimga kelishib olgan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tabriklayman. Ko‘plab insonlarning hayoti saqlab qolinadi», - dedi Tramp.

Bu orada Tog‘li Qorabog‘da tinchlik o‘rnatish borasida vositachilik qilayotgan Minsk guruhiga a’zo Fransiya, AQSh va Rossiya ham qo‘shma bayonot e’lon qilib, Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari 29 - oktabrda Jenevada yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganlarini bildirdi.

Oktabr oyida Tog‘li Qorabog‘da tomonlar ikki marta otashkesim e’lon qilgan, biroq unga amal qilinmagan edi.

27 - sentabr kuni boshlanib ketgan to‘qnashuvlarda bugunga qadar 1000 dan oshiq odam nobud bo‘lgan.

Armani kuchlari ham, ozariy harbiylari ham bir-biriga katta talofatlar yetkazganini da’vo qilib keladi.

22 - oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva oxirgi janglarda 5 000 ga yaqin odam halok bo‘lganiga ishonishini aytgan edi.

Xalqaro hamjamiyat Ozarbayjon hududi o‘laroq tan oladigan Tog‘li Qorabog‘ 1994 - yildan beri Armaniston dastaklab kelayotgan etnik armanlar nazorati ostida.

Oxirgi to‘qnashuvlar mojaroga Ozarbayjonning yaqin hamkori Turkiya hamda Armaniston bilan birga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo bo‘lgan Rossiyaning aralashuviga doir xavotirlarni paydo qilgan.

XS
SM
MD
LG