Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 15:59

"9 oydan beri maoshini ololmasdi" - Dushanbe aeroporti xodimi o‘zini otib o‘ldirdi


3 nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi bo‘lgan Sherafgan Xo‘jaqulov, yaqinlariga ko‘ra, 9 oydan buyon maoshini ololmayotgandi
3 nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi bo‘lgan Sherafgan Xo‘jaqulov, yaqinlariga ko‘ra, 9 oydan buyon maoshini ololmayotgandi

26 - oktabr kuni tush paytida Dushanbe xalqaro aeroportining 38 yashar xodimi Sherafgan Xo‘jaqulov xizmat to‘pponchasidan o‘zini otib o‘ldirdi.

Yaqinlari va aeroport xodimlarining aytishicha, Xo‘jaqulov shu tariqa bir necha oydan buyon maoshlari to‘lanmaganiga norozilik bildirgan.

Hodisani tasdiqlagan rasmiylar prokuratura tekshiruv boshlaganini aytishmoqda.

Sherafgan Xo‘jaqulov uch nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi edi.

"Meni aeroportdan olib keting"

Marhumning tog‘asi Jamshed Davletovning Ozodlik radiosi tojik xizmatiga bildirishicha, jiyani 9 oylik ish haqini ololmagan va 26 - oktabr kuni soat 13:00 da ukasiga “Kelib, meni aeroportdan olib ketinglar” deya SMS yuborgan.

Tog‘asining so‘zlariga ko‘ra, Sherafgan ijarada yashab kelgan va ijara uydan qarzdorligi bor edi.

Ozodlik tojik xizmati muharriri Sirojiddin Islom hodisa tafsilotlari haqida so‘zlab berdi:

Сирожиддин Ислом билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:20 0:00
Бевосита линк

Ukasi Umed Xo‘jaqulovning Ozodlik radiosiga aytishicha, marhum yashagan uy egasi ijaradan 14000 somoni (1356 AQSh dollari) miqdoridagi qarzdorlikni to‘lash yoki uyni bo‘shatib qo‘yishni talab qilgan.

Ukasining so‘zlariga ko‘ra, Sherafgan harbiy xizmatdan so‘ng Dushanbe xalqaro aeroporti xavfsizlik xizmatida ishlagan, ammo "aeroport rahbariyati unga maoshini to‘lamay kelgan".

U Sherafganning jasadini o‘ziga ko‘rsatishgani va marhumning yuragida o‘q yarasini ko‘rganini aytdi.

Sherafgan Xo‘jaqulovning jasadi hodisa joyidan tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgan. Yaqinlarining aytishicha, tibbiy ekspertizadan so‘ng jasad marhumning oilasiga topshiriladi.

Tez tibbiy yordam binosida ko‘p sonli militsiya xodimlari yig‘ilgan va ular Ozodlik jurnalistlarining binoga kirishiga to‘sqinlik qilishgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi hodisani tasdiqladi va prokuratura tergov ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.

Hodisa tafsilotlaridan xabardor manbaning Ozodlikka bildirishicha, 26 - oktabr kuni Sherafgan Xo‘jaqulov aeroport mas’ullaridan o‘zining 9 oylik ish haqini talab qilgan.

Talabi qondirilmagach, u aeroport xodimlari bilan tortishib qoladi va xizmat to‘pponchasini o‘zining yuragiga qadab, o‘q uzadi.

XS
SM
MD
LG