Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:44

Abdumalik Boboyev O‘zbekistondan chiqishga ruxsat oldi


AQShning “Amerika ovozi” radiosi muxbiri, taniqli o‘zbek jurnalisti Abdumalik Boboyev oylab davom etgan sarsongarchilikdan so‘ng O‘zbekistondan chiqishga ruxsat oldi.
Payshanba kuni Samarqand viloyat Kirish chiqish va fuqarolikni qayd etish boshqarmasi rasmiylari Boboyev pasportiga ikki yil davomida chet davlatga chiqishiga ruxsat beruvchi muxrni bosib berishdi.
Hamburg jamg‘armasining yillik stipendiyasiga loyiq topilgan jurnalist bir yil mobaynida Germaniyada bo‘lib, malaka oshirish imkonini qo‘lgan kiritgan edi.
Abdumalik Boboyev “Amerika ovozi” radiosi muxibiri sifatida faoliyat yuritgan va o‘tgan yili Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Jurnalist birdaniga uchta modda bo‘yicha, ya‘ni tuhmat, haqorat, jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar tarqatishda aybdor, deb topilib, eng kam ish haqining 400 barobari miqdorida (tahminan 8100 AQSh dollari) jarimaga tortilgan edi.
Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarlari chiqish vizasi uchun mahalliy idoralarga murojaat qilish majburiyatida qolayotgan MDHdagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.
XS
SM
MD
LG