2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Agentlik qaydicha, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi (237 nafardan 285 nafarga), davlat ulushi mavjud korxonalar (103 nafardan 153 nafarga) va mahalliy hokimliklarda (133 nafardan 119 nafarga) korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.
Bank, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish, oliy ta’lim, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda esa bu turdagi huquqbuzarliklar nisbatan kamaygan.
Avvalroq Ozodlik 2023-yilda korrupsiya jinoyati uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta ishga kirgani va korrupsiya jinoyatlarini takror sodir etgani haqida xabar qilgan edi.