Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2025, Тошкент вақти: 18:26

Burxonov: Hokimlar chiqargan qarorlarning 30 foizi yopiq


Akmal Burhonov.
Akmal Burhonov.

O‘zbekistonda hokimlar qarorlarning 30 foizdan ortig‘i yopiq holda qabul qilinmoqda.

“Gazeta.uz” nashri yozishicha, bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov 17-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan IV Toshkent aksilkorrupsiya forumida gapirgan.

Burxonovga ko‘ra, yopiq qarorlarning aksari davlat xaridlari yoki byudjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq bo‘lib, hujjatlar noqonuniy ravishda yopiq tartibga o‘tkazilmoqda.

Сирдарё ҳокимининг балчиққа мажбурлаб эктирган пахтаси унмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:40 0:00

Korrupsiyaga qarshi kurashga javobgar mulozim ta’kidicha, qarorlarni yopiq tarzda qabul qilishning aniq mezonlari ishlab chiqilishi, bu borada agentlik xulosasini olish tartibi joriy etilishi kerak.

“O‘ylaymanki, yaqin kunlarda bu takliflar qabul qilinsa, qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi”, degan Burxonov.

Adliya vazirligining “E-qaror” platformasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron tizim sanaladi.

Ochiq ma’lumotlarga qaraganda, platformada o‘tgan 6 oy davomida 63152 ta qaror qabul qilingan bo‘lsa, ularning 20734 tasi, ya’ni uchdan bir qismi yopiq xarakterga ega. Yopiq qarorlar qabul qilish Samarqand (3630 ta), Xorazm (3438 ta) va Farg‘ona (2232 ta) viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Jamoat faollari qarorlarni yopiq tarzda qabul qilish amaliyoti ochiqlik va shaffoflik siyosatiga zid ekanini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG