Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 07:38

AQSH falastinliklarga insonparvarlik yordami o‘laroq 336 mln dollar ajratadi


USAID yordam paketi (illyustrativ surat)
USAID yordam paketi (illyustrativ surat)

AQSH G‘azo sektori va Urdun daryosi G‘arbiy sohilidagi falastinliklarga 336 million dollar miqdorida qo‘shimcha gumanitar yordam ajratmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligidagi (USAID) manbalardan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Bu mablag‘ mazkur hududlarga oziq-ovqat, dori-darmon va birinchi ehtiyoj mollarini yetkazib berish, shuningdek, Isroil armiyasining harbiy amaliyoti tufayli o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan falastinliklarni kelayotgan qishda vaqtincha boshpana bilan ta’minlash imkonini beradi.

USAID vakillari so‘nggi yilda G‘azo sektori va Urdun daryosi G‘arbiy sohili gumanitar buhron holatida ekanini qayd etishgan.

AQSH mojaroning barcha tomonlarini sulh haqida kelishuvga erishish va garovdagi kishilarni zudlik bilan ozod etish hamda G‘azo sektoriga keng ko‘lamda insonparvarlik yordami yetkazish imkoniyatini ta’minlashga chaqirishda davom etmoqda”, deya ta’kidlashgan agentlik xodimlari.

O‘tgan yilning 7-oktyabrida AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb tan olingan HAMAS guruhi Isroil janubiga hujum uyushtirgan. Hujum natijasida 1200 ga yaqin isroillik o‘ldirilgan, 250 chog‘li kishi o‘g‘irlanib, G‘azo sektoriga olib ketilgan. Bunga javoban Isroil HAMASga qarshi jangovar harakatlarni boshlagan. Harbiy amaliyot natijasida G‘azo sektorida yashovchi yuz minglab odam uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

HAMAS nazorati ostida bo‘lgan G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi iddaosicha, Isroil bombardimonlari oqibatida sektorda yashovchi 30 mingdan ziyod kishi nobud bo‘lgan.

Falastin muxtoriyati bir qismini nazorat qiladigan Urdun daryosining G‘arbiy sohilida ham HAMAS tuzilmalari mavjud, biroq u yerda HAMAS vakillari rasman hokimiyat tepasida emas.

BMT va dunyodagi ko‘plab mamlakatlar HAMAS va Isroilni imkon qadar tezroq sulh bitimini tuzishga chaqirib kelishmoqda. AQSH, Qatar va Misr bu masalada vositachi bo‘lishlari mumkinligini aytishyapti. Biroq shu paytgacha o‘tkazilgan muzokaralarning barchasi boshi berk ko‘chaga kirib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG