Линклар

Шошилинч хабар
14 сентябр 2024, Тошкент вақти: 22:52

AQSH, Isroil va Misr G‘azo chegarasi monitoringini muhokama qilmoqda


Isroillik askarlar G‘azo sektori chegarasi oldida, 2024 yilning may oyi
Isroillik askarlar G‘azo sektori chegarasi oldida, 2024 yilning may oyi

AQSH, Isroil va Misr G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Filadelfiya yo‘lagi monitoringi mexanizmini muhokama qilyapti. Bu haqda Financial Times nashri o‘z manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qildi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, rejaga yuqori texnologik yerosti g‘ovini qurish, tunellar qurilishini ta’qib qilish uchun qo‘shimcha datchiklarni ko‘paytirish hamda G‘azo sektori chegarasida Misr qo‘shinlarini joylashtirish kabilar kiradi.

Manbalarning aytishlaricha, muhtamal loyihani moliyalashtirish masalasini AQSH o‘z zimmasiga olishi mumkin.

O‘z navbatida, Isroilning strategik masalalar bo‘yicha vaziri Ron Dermer Bloomberg agentligiga Isroil tomoni Filadelfiya yo‘lagi ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekani, biroq bu ish faqat AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb tan olingan HAMAS guruhi bilan urush tugaganidan keyin amalga oshishi mumkinligini bildirgan.

Isroil G‘azo sektorida jangovar amaliyot o‘tkazmoqda. Mazkur amaliyot o‘tgan yilning 7-oktyabrida HAMAS jangarilarining Isroil janubiga hujumiga javoban boshlatilgan. O‘sha paytda mingdan ziyod odam halok bo‘lgan, 250 dan ortiq odam garovga olinib, G‘azo hududiga olib chiqib ketilgan.

Isroil va Falastin tomonlari kelishuvlari natijasida garovdagi kishilarning 100 nafardan ko‘prog‘i ozod qilingan. Ayni paytda 100 dan ziyod kishi garovda qolmoqda. Ularning 30 nafardan ko‘prog‘i halok bo‘lgani taxmin qilinyapti.

XS
SM
MD
LG