Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:27

AQSh kongressi O‘zbekistondagi inqilob ehtimolini o‘rgandi


AQSh Kongressida 11 may kuni “Arab bahorining Markaziy Osiyoga ta‘siri” mavzusidagi suhbatda diplomatlar¸ tahlilchi va siyosiy faollar qatnashdi.

Xelsinki Komissiyasi nomi ostida tanilgan hayatda respublikachi va demokrat deputatlari munoqasha qildi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha muovini, Robert Blayk: “Namoyishlarga turtki berayotgan omillarni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda ham ko‘rish mumkin”, dedi.

Bleykka ko‘ra: “Ishsizlik, qashshoqlik ¸yoshlar uchun imkoniyat yo‘qligi inqilobga hamirturush bo‘ladigan omillardir".

Ayni paytda Bleyk Markaziy Osiyo bilan arab dunyosi orasida jiddiy tafovutlar borlgini ham aytib o‘tdi.

Tafovutlardan eng muhimi Markaziy Osiyoda ishsizlik arab dunyosidagi kabi ko‘lam kasb qilmagan.

- Ayni tafovut "Markaziy Osiyoda inqilob bo‘ladi", degan g‘oyani chippakga chiqaradi, - dedi mulozim.

Munozaralarda tadqiqodchi Pol Gobl¸ "Serquyosh O‘zbekiston" koalitsiyasi vakili G‘ulom Umarov ishtirok qildi.
XS
SM
MD
LG