Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:34

AQSHda Rossiyaga noqonuniy mol yo‘llagan isroillik kontrabandachi qo‘lga olindi


Isroillik kontrabandachi mijozlari orasida Rossiyaning S7 Airlines aviashirkati ham bo‘lgani aytilmoqda
Isroillik kontrabandachi mijozlari orasida Rossiyaning S7 Airlines aviashirkati ham bo‘lgani aytilmoqda

Qo‘shma Shtatlarda sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda Rossiyaga uchoq ehtiyot qismlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan Isroil fuqarosi qo‘lga olingan.

AQSH Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 49 yoshli isrollik Gal Xaymovich Rossiyaning sanksiya ostida bo‘lgan aviashirkatlariga Amerikada ishlab chiqarilgan uchoq ehtiyot qismlarini konrabanda qilish maqsadida til biriktirganlik ayblovini tan olgan.

Xaymovichga ko‘ra, sxema mazkur tovarlar boradigan manzil bo‘yicha AQSH shirkatlarini aldashni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, sudlanuvchi sheriklari bilan birgalikda eksport hujjatlarida AQSH rasmiylariga yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganini tan olgan.

AQSH Adliya vazirligi qaydicha, 2022-yil aprelidan 2023-yil apreligacha Xaymovich Maldiv orollari va Birlashgan Arab Amirliklaridagi shirkatlarga 160 martadan ko‘proq tovar yetkazib berilishini uyushtirgan. Bu firmalar yetkazilgan tovarlarning Rossiyaga noqonuniy olib chiqilishi uchun mas’ul bo‘lishgan.

Isroil fuqarosining mijozlari orasida Rossiyaning S7 Airlines aviashirkati ham bo‘lgani, shirkat noqonuniy eksport uchun Xaymovichga ikki million dollar to‘lagani aytilmoqda.

Avvalroq Ozodlikning rus xizmati mazkur aviashirkatga qarashli S7 Technics shirkati Rossiyada AQSH-Fransiya mahsuloti bo‘lgan CFM56 aviatsiya dvigatellarini kapital ta’mirdan chiqarish ishini yo‘lga qo‘ygani, bu RFga uchoq ehtiyot qismlarini yetkazib berishga taqiq qo‘yilgani manzarasida amalga oshayotgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG