Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:06

Mirziyoev Karimov qamagan Mavlon Umurzoqovni oqladi


Mavlon Umurzoqov va Halima Xudoyberdieva (Surat "Dunyo o‘zbeklari" saytidan olindi)
Mavlon Umurzoqov va Halima Xudoyberdieva (Surat "Dunyo o‘zbeklari" saytidan olindi)

Marhum prezident Islom Karimovning sobiq davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov Ozodlik bilan suhbatda Oliy sud qarorini 21 yil kutganini aytdi.

O‘zbekiston Oliy sudi 67 yashar Mavlon Umurzoqovni to‘la-to‘kis oqlash va moddiy va ma’naviy zararni qoplash haqida 8 avgustda qaror chiqardi.​

Birinchi prezidentning sobiq davlat maslahatchisi 1994 yil oxirida qator jinoyatlar, xususan, katta miqdorda poraxo‘rlik va mansabni suiiste’mol qilishda aybdor, deb topilgan va 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, qamoqda 2,5 yil o‘tirib, ozodlikka chiqqan edi.​

"Ishonch bo‘lmasa, qadam bosilmaydi"

Ozodlik bilan suhbatda sobiq davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov oqlov qarorini 21 yil kutganini aytdi.

-Har bir harakatda qandaydir ishonch bo‘lishi kerak-ku, to‘g‘rimi yo‘qmi? Ishonch bo‘lmasa, qadam bosilmaydi. Chiqqanimga kak raz 21 yil bo‘ldi 9 avgustda, - dedi Mavlon Umurzoqov.

U, agar "ishonch bildirilsa", davlat vazifalarida ishlashga tayyorligini bildirdi.

- Ha endi, ishonch bo‘lsa, albatta ishlaymiz. Hali kuchim yetadi ishlashga," - dedi Mavlon Umurzoqov.

"Inqilobiy o‘zgarishlar"

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlarga baho berarkan, Mavlon Umurzoqov O‘zbekistonda "inqilobiy o‘zgarishlar" bo‘layotganini aytdi.

U Shavkat Mirziyoev olib borayotgan "siyosati tufayli" oqlanganini bildirdi.

- Har qanday ishda agar sistema bo‘lmaydigan bo‘lsa, qachondir barbod bo‘ladi. Hozirgi qo‘yilayotgan qadamlar o‘sha sistemaning poydevori qo‘yilayotganidir, - dedi Mavlon Umurzoqov.

Мавлон Умрзоқов: "Ишонч бўлса, албатта ишлаймиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00

"Ahmoqona siyosat"

​67 yashar Mavlon Umurzoqov 1994 yil oxirida qator jinoyatlar, xususan, katta miqdorda poraxo‘rlik va mansabni suistimol qilishda aybdor, deb topilgan va 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, qamoqda 2,5 yil o‘tirib, ozodlikka chiqqan edi.​.

Uning jinoiy sherigi sifatida qamoqqa olingan shaxslar orasida bo‘lgan jurnalist, "Dunyo o‘zbeklari" vebsahifasining muharriri Ismat Xushev Ozodlik bilan suhbatda "qiynoqlar va bosimlar ostida" sobiq davlat maslahatchisiga qarshi ko‘rsatma berishga majburlanganini e’tirof etdi.

Jurnalist bu haqda o‘zining avtobiografik kitobida batafsil bayon qilganini aytdi.

Исмат Хушев: Аҳмоқона сиёсат даври эди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:53 0:00
Бевосита линк

"Istalmagan shaxs"

Halima Xudoyberdieva prezident Mirziyoev bilan uchrashuv chog‘ida
Halima Xudoyberdieva prezident Mirziyoev bilan uchrashuv chog‘ida

​Mavlon Umurzoqovning qamalishi ortidan uning rafiqasi, O‘zbekiston Xalq shoirasi Halima Xudoyberdieva mamlakat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisligidan va boshqa lavozimlardan bo‘shatilgan edi.

Mavlon Umurzoqov umrining 2,5 yilini panjaralar ortida o‘tkazdi.

8 avgustda Ozodlik bilan suhbatda Halima Xudoyberdieva u va uning turmush o‘rtog‘i 22 yil davomida "istalmagan shaxslar" ro‘yxatida qolganini aytdi.

Er-xotinga davlat ishlarida ishlashlariga ruxsat berilmagan, 1994 yildan buyon shoira Halima Xudoyberdievaning kitoblari nashr etilmay kelayotgandi.

"Ziyoli inson"

1993 yilda siyosiy motivlar bilan qamalib, prezident Karimovning maxsus avfi bilan boshqa bir necha mahbus bilan birga 1994 yilda ozodlikka chiqqan, Birlik xalq harakati faoli Nosir Zokir Ozodlik bilan suhbatda Mavlon Umurzoqov bilan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yerto‘lasi kamerasida 1994 yilda o‘tkazgan bir hafta umrini esladi.

- Menda u kishi haqida bir ziyoli inson sifatida taassurot qolgan. Tafakkuri bir yozuvchiga o‘xshash inson sifatida yodimda qolgan o‘sha paytda, - dedi Nosir Zokir.

Носир Зокир: Бу кунларнинг келишини кутмаган эдим
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:18 0:00
Бевосита линк

Mavlon Umurzoqov O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan oqlangani Ozodlikka ma’lum bo‘lgan ikkinchi davlat arbobidir.

2016 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Oliy Sudi O‘zbekistonga Sho‘rolar davrida Islom Karimovgacha rahbarlik qilgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev ustidan SSSR Oliy sudi 1989 yilda chiqargan hukmni bekor qilgandi.

Shu munosabat bilan Ozodlik bilan suhbatlashgan Usmonxo‘jaev¸ bu qarorni 25 yil kutganini aytib¸ nihoyat adolat qaror topganidan mamnunlik bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG