Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:56

Semirish xavfini 50 foizga ozaytiruvchi yangi metod aniqlandi


Yangi izlanish o‘rta yoshdagilar orasida semirish oldini oluvchi samarali strategiyalarni aniqladi.

Uch yil davom etgan tadqiqot yakunida o‘z-o‘zini boshqarish o‘rgatilganlar orasida semirish xavfi kontrol guruhiga solishtirganda 50 foizga ozaygani aniqlandi.

Izlanish qatnashuvchilariga har kun o‘z vaznlarini o‘lchash va unga tayanga holda vaznlarini bir maromda saqlash yoki turmush tarzlarini o‘zgartirish o‘rgatilgan.

Ayrim ishtirokchilarga semirish oldini olish uchun o‘z dietalariga kichik o‘zgarishlar kiritish tayinlangan. Qolganlariga esa keyinchalik semirish oldini olish maqsadida boshida 2-4,5 kg vazn yo‘qotish aytilgan.

Izlanish natijalari avval onlayn chop etildi. Ular to‘liq tazrda JAMA Internal Medicine jurnalida chop etiladi.

Izlanishga 600 ga yaqin odam ishtirok etgan. Ular katta o‘zgarishlarga tayangan, kichik o‘zgarishlarga tayangan va minimum o‘zgarishlarga tayangan uch guruhga bo‘lingan.

Ilk ikki guruh a’zolari uch yildan keyin tekshirilganda, ularda semirish xavfi ozaygani kuzatilgan. Qolaversa, ular vazn yo‘qotgani aniqlangan.

Izlanishning yetakchi mualliflaridan biri doktor Rena Uing: “Izlanish tez-tez o‘z vaznini o‘lchash hamda yoki boshida oriqlash, yoki dieta va jismoniy faoliyatga kichik o‘zgarishlar kiritish semirish oldini olishda qo‘l keladigan metodlar ekanligini ko‘rsatdi”, dedi.

XS
SM
MD
LG