Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:45

To‘rtko‘llik yigit uyi buzilishiga norozilik bildirib o‘ziga o‘t qo‘ydi (Video)


Тўрткўллик ўқитувчи ўзини ëқиб юборишга уринди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

To‘rtko‘llik o‘qituvchi o‘zini yoqib yuborishga urindi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ qishlog‘ida yashovchi 29 yashar Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Hokimlikka ko‘ra, Niyozimbetovning uyi noqonuniy qurilgani borasida sud qarori bo‘lib, uy buzilishi lozim. Hozirda shifoxonada davolanayotgan Ahmad esa qo‘lida uyga tegishli barcha hujjatlari borligini ta’kidlamoqda.

O‘zini yoqib, tirik qolgan Ahmad

Voqea 19 sentabr kuni Ullibog‘ qishlog‘ining "13-bo‘lim" qismida Ahmad Niyozimbetovning uyida sodir bo‘lgan. Tafsilotlarni Ozodlikka o‘zi so‘zlab bergan Ahmadning aytishicha, o‘sha kuni Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari uning uyini buzishga buldozer va ekskavator bilan kelgan. Ahmad esa ularga norozilik bildirib, uyining tomiga chiqib, ustidan benzin sepib, o‘t qo‘ygan va keyin o‘zini tomdan tashlagan^

- Majburiy ijro byurosi vakillari, profilaktika inspektori keldi. “Uydan chiq hammang” dedi. Uyda mehmonlarim ham bor edi. Ularni ham ko‘chaga haydashdi. Meni ko‘chaga itarib tashladi. Bu mojaro kechgacha bordi. Meni qibla tomondan quvib chiqarishadi, men orqa tomondan kiraman. Orqa tomondan quvib chiqaradi, men qibladan kiraman. Keyin uyga meni kirgizmadilar va “uyni buzamiz, hayda buldozerni” deyishdi. So‘ng chiday olmadim, orqa tomondan uyga kirib, dvijokning benzinini oldim, yarim litr. Shu benzinni oldimda, tomga chiqdim. “Sizlarga uy kerakmmi dedim, meni o‘ldiringlar keyin uy sizlarniki” dedim. Keyin ustimdan benzinni sepdimda, gugurtni chaqdim. O‘zimga o‘t qo‘ydimda, o‘zimni tomdan tashladim, - deydi Ahmad Niyozimbetov.

Ahmadning aytishicha, uni ukasi Hayrulla qutqarib qoladi:

- Ukam o‘chirdi meni. Ustimga tuproq sepganda, o‘tni o‘chirgan. Ular tepada turib tomosha qilib turgan,- deydi Niyozimbetov.

Ўзига ўт қўйган тўрткўллик йигит билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:00 0:00
Бевосита линк

“Tez yordam” bilan birga yuradigan MIB

Ozodlikka yo‘llangan videoda Ahmad o‘ziga o‘t qo‘yib, tomdan tashlagan payti zudlik bilan uning yoniga “tez tibbiy yordam” xodimlari etib borgani aks etgan. Ahmadning aytishicha, Majburiy ijro byurosi xodimlari “Tez tibbiy yordam” xodimlari bilan birga kelishgan:

- “Tez yordam” o‘shalar bilan birga kelgan edi. Ular chaqirib qo‘yishar ekan. Odamlar o‘z joniga qasd qilsa, tomirini kessa, hushidan ketsa, yiqilib qolsa, yordam berish uchun “Tez yordam” chaqirar ekan. Ular “tez yordam” bilan “Pojarniy”ni o‘zlari bilan olib yurar ekan, - deydi Ahmad.

Ahmad jiddiy shikastlanmagan

Ahmad o‘sha kuni To‘rtko‘l tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Sakkiz kundirki, u shifoxonaning travmatologiya bo‘limida davolanmoqda.

Shifokor Elyor Ahmedovga ko‘ra, Ahmadning hozirda ahvoli yaxshi:

- Uning son sohasida 1,5-2 foiz yongan. Oyog‘ining yumshoq to‘qimalari lat yegan. Singan-chiqqan joyi yo‘q lekin, -dedi Elyor Ahmedov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

Ahmad: Uyim qonuniy, hujjatlarim bor

Ahmad ikki qizning otasi. Hozirda rafiqasi to‘qqiz oylik homilador. Urganch davlat universitetining “jismoniy tarbiya” fakultetini tamomlagan, oliy ma’lumotli Ahmad Niyozimbetov ish yo‘qligi sabab mardikorlik qilib oilasini boqayotganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlik noqonuniy deyayotgan uyni o‘zi ukalari bilan birgalikda qurib bitkazgan va qo‘lida uyga tegishli hamma hujjatlari bor:

- Otam Niyozimbetov Botirning nomiga sud qarori chiqqanmish. “Noqonuniy uy qurgan” degan qaror. Shu qaror bo‘yicha bular mening uyimni buzmoqchi. Lekin bu uy meniki, otamniki emas. Uy o‘zimning nomimda. Uy bo‘yicha kadastr hujjatlarim, auksionda yutib olgan hujjatlarim bor. Qo‘shimcha 4 sotix yer maydoni bor, uning ham kadastr hujjati bor, hammasining soliqlarini to‘lab o‘tiribman,- deydi Niyozimbetov.

Ahmad Niyozimbetov
Ahmad Niyozimbetov

Hokimlik: Ahmadning uyi noqonuniy qurilgan

To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari Azimbay Sapaevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Ahmad Niyozimbetovning uyi qonuniy qurilgani sud orqali tasdiqlangan:

- Uning kadastr hujjatlari bo‘lgani bilan, kimlardir uni oldin noqonuniy berganda. Hujjatlari sudga berilgan, sud qaror chiqargan. O‘sha paytda u hujjatlar noqonuniy berilgan. Qarorlar asliga to‘g‘ri deb berilgan, lekin qarorning osnovaniyasi yo‘q. Hech qaerda registratsiyada yo‘q. Oldingi bo‘lgan hokimlar pulini olib, qo‘l qo‘yib berib yuborgan,- deydi Sapaev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:26 0:00
Бевосита линк

To‘rtko‘lda jami 500 odamning uyi buziladi

To‘rtko‘l hokimi o‘rinbosari Azimboy Sapaevning aytishicha, To‘rtko‘lda bitta Ahmad emas, jami 500 kishining uyi noqonuniy qurilgani sabab buzib tashlanadi:

- Bir uniki emas, ko‘pchilikniki buziladi. 500ga yaqin uy. Hammasi buyicha sud qarori bor. Hozir sud ijrosi boshlanayapti,- dedi Azimboy Sapaev.

Sapaevga ko‘ra, uyi noqonuniy deb topilgan to‘rtko‘lliklar oldingi hokim ustidan shikoyat qilmagani bois, hozircha faqat uy egalari jazolanmoqda.

XS
SM
MD
LG