Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:08

Hasharchi ayol ichidan qon ketib, shiyponda 3 kun yotgach, halok bo‘ldi


Suratning voqeaga aloqasi yo‘q (Illyustrativ surat)
Suratning voqeaga aloqasi yo‘q (Illyustrativ surat)

Qashqadaryo viloyat, Qarshi tuman, Pistakent qishlog‘ida yashovchi 28 yashar Lobar Ashurova paxta dalasida "ichki qon ketishi oqibatida" olamdan o‘tdi. Bu fojia Lobar Qashqadaryo viloyat sil kasalliklari shifoxonasida sanitar bo‘lib ishlaydigan onasining o‘rniga paxta terimiga chiqqan paytda sodir bo‘lgan.

Voqea Qashqadaryoning Muborak tumani Guliston qishlog‘idagi paxta dalalaridan birida sodir bo‘lgan. Tafsilotlardan xabardor manbaning Ozodlikka aytishicha, Lobar Ashurovaning paxta dalasida sog‘ligi og‘irlashgan va 3 kun davomida unga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan:

Muborak tumani 30- sovxoz dalasida paxta terayotgan Lobarning mazasi bo‘lmay qolgan va shiyponga qaytib kelgan. Lekin unga uyiga ketishga ruxsat berishmagan. Shiyponda 3 kun qon ketib yotgan. 3 kundan keyin Lobarni Muborak “Tez yordam” bo‘limiga olib kelishgan. Lobarni operatsiya qilishmoqchi bo‘lishgan, biroq u operatsiyaga kirmasdan vafot etgan”, dedi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Lobarning yaqinlaridan birining Ozodlikka aytishicha, u Qashqadaryo viloyat sil kasalliklari shifoxonasida sanitar bo‘lib ishlaydigan onasi Gulbahor Sherovaning o‘rniga paxta terayotgan payti shu voqea sodir bo‘lgan:

“Lobar eridan ajralgan, hozirda ota-onasi bilan yashayotgan edi. Gulbahor opamga ishxonasidan paxtaga chiqish aytilgach, Lobar ikki bolasini uyga tashlab onasining o‘rniga Muborak tumaniga yotog‘i bilan paxta ketgandi. U paxta terayotganining 9- kunida shu voqea bo‘lgan. Unga hech kim yordam ko‘rsatmagan. Vohalanki, u bilan paxta terayotganlarning deyarli barchasi doktorlar bo‘lgan. Vaqtida kasalxonaga yetkazilganida ikki norasida bolasi yetim qolmasdi”, dedi Lobarning yaqinlaridan biri ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Qashqadaryodagi tibbiyot sohasi mutasaddilaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Lobar Ashurova 20 sentabr kuni olamdan o‘tgan va tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga ichki qon ketishi sabab bo‘lgan.

Hozirda Muborak tuman prokuraturasi Lobar Ashurovaning o‘limi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Qashqadaryo viloyat sil kasalliklari shifoxonasi mulozimlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, kasalxonaning 150 nafar xodimi 12 sentabrdan boshlab Muborak tumani dalalarida paxta tergan.

Paxta-2017: To‘rt qurbon

Lobar Ashurova - joriy yilda Ozodlikka ma’lum bo‘lgan aholini majburiy paxtaga safarbar qilish kampaniyasiga aloqador to‘rtinchi qurbon bo‘ldi.

19 sentabr kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 43-bog‘chada 2 yashar Abdulloh ustiga bir qozon qaynoq ovqat to‘kilishi oqibatida olamdan o‘tdi. Bog‘chada oshpaz bo‘lib ishlaydigan Gulnora Rahmonova o‘g‘liga qaraydigan qaynonasi paxta terimiga chiqarilgani bois, bolasini o‘zi bilan bog‘chaga olib borgan payti ushbu fojia sodir bo‘lgan.

16 sentabr kuni Andijon shahrida yashovchi 58 yoshli Muzaffar Umrzoqov maktabda farrosh bo‘lib ishlaydigan rafiqasi o‘rniga paxtaga chiqqan paytda dalada jon berdi.

Shu kuni Jizzax viloyat, Sharof Rashidov tuman, "Uch tepa" dahasidagi 32-maktabida Yoshlar ittifoqi tashkilotchisi 39 yashar Gulzoda Tojiboeva paxtadan qaytayotganida avtobus tagida qolib o‘ldi.

19 sentabr kuni BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda bolalar mehnati¸ umuman majburiy mehnatga barham berilgani haqida bayonot qildi. Ushbu bayonotdan uch kun o‘tib, talabalar, shifokor va o‘qituvchilar paxta dalalaridan shoshilinch ortga qaytarildi. Biroq Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra, turli soha vakillarini paxta terimiga majburan chiqarish jarayoni davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG