Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:40

Las-Vegas fojeasi: 59 odam o‘ldirildi, 527 odam yaralandi


Las-Vegas, 1 oktabr, 2017 yil. Stiven Peddok otayotgan o‘qlardan yashirinayotgan odamlar.
Las-Vegas, 1 oktabr, 2017 yil. Stiven Peddok otayotgan o‘qlardan yashirinayotgan odamlar.

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Stiven Peddok kantri musiqa festivali paytida otib o‘ldirgan odamlar soni 59 kishini tashkil qildi. Bundan tashqari yana 527 kishi yaralandi. Mazkur harakat uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa-da, AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi fojeaning bosh aybdori terror tashkilotlariga mansub bo‘lgani to‘g‘risida dalil-isbotlar mavjud emasligini aytmoqdalar.

Лас-Вегас фожеаси: 59 одам ўлдирилди, 527 одам яраланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Las – Vegasda odamlarga qarata o‘q otgan Stiven Peddokni bu jinoyatga nima undagani hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda 2 oktabr kuni Las -Vegas sherifi Klark Jozef Lombardo ma’lum qildi.

-Biz uning motivlari nimalardan iborat bo‘lganini birinchi navbatda aniqlashimiz lozim. Bu terrorchilik bilan bog‘liqmi yoki aqldan ozgan odamning hatti-harakatimi, degan savolga javob topish bugun tergovning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda, -dedi sherif.

Rasmiylarga ko‘ra, otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 kishiga, yaralanganlar soni esa 527 kishiga yetdi.

Politsiyaning bildirishicha, Peddok qo‘lga olinishi aniq bo‘lib qolganidan so‘ng o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan. Peddok o‘q otgan Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidagi xonadan 17ta qurol topilgan. Uning Nevada shtati Meskite shahridagi uyidan tintuv paytida yana 18ta qurol va bir necha mingta o‘q chiqqan.

AQShning Las - Vegas shahridagi fojea uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga oldi. Radikal guruh faoliyatini yorituvchi “Amak” agentligi otishmani bir oy avval islom dinini qabul qilgan shaxs sodir etganini bildirdi, biroq bu borada hech qanday dalililarni keltirmadi.

Federal Tergov byurosi maxsus agenti Aaron Rauz odamlarga qarata o‘q otgan 64 yashar Stiven Peddokning terrorchi guruhlar bilan aloqada bo‘lganiga oid dalillar yo‘q ekanini 2 oktabr kuni ma’lum qildi.

-Hozirgacha voqea rivojini o‘rganib, biz bu voqeaga xalqaro terrorchi guruh aloqador ekanini aniqlay olmadik, -dedi Rauz.

АҚШ: Лас Вегасдаги ўққа тутувда 59 киши нобуд бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:39 0:00

1 oktabr kuni Las-Vegasda o‘tayotgan Route 91 Harvest kantri musiqasi festivali paytida 64 yashar Stiven Peddok odamlarga qarata o‘q ota boshlagan edi. Politsiyaning bildirishicha, Peddok qo‘lga olinishi aniq bo‘lib qolganidan so‘ng o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqeani AQSh tarixidagi eng mudhish fojea sifatida sharhladi. Bundan avval Florida shtatining Orlando shahridagi tungi klubga qilingan hujumda 49 kishi halok bo‘lgan edi. Bu hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgandi.

Donalьd Tramp qonli fojea munosabati bilan 4 oktabr kuni Las-Vegasga borishini e’lon qildi.

Stiven Peddokning akasi Erik Peddokning aytishicha, Stiven multimillioner va kazinolarning doimiy mijozi bo‘lgan.

Erik jurnalistlarga Stiven Pedokni 59 odamni o‘ldirishiga nima turtki bo‘lgani hozirgacha tushuna olmayotganini aytdi.

XS
SM
MD
LG