Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:17

Xitoy fazo stansiyasi Yerga qulaydi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Xitoyning Heavenly Palace fazo stansiyasi 2017 yil yakunida Yerga qulashi kutilmoqda.

Stansiya 2011 yil o‘z faoliyatini boshlagan edi. Stansiya nomi xitoy tilida “Jannat saroyi” degan ma’noni anglatadi.

Heavenly Palace qular ekan, uning qoldiqlari insonlar hayotiga tahdid solishi mumkin.

Bir necha oy avval stansiya ustidan nazorat qo‘ldan boy berilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Stansiya Yerga qular ekan, atmosfera ko‘rsatgan qarshilik tufayli yonib ketishi kutilmoqda. Ammo olimlarning aytishicha, stansiya butunlay yonib ketmasligi mumkin.

Stansiya aynan qaerga qulashini oldindan aniqlab bo‘lmaydi.

Heavenly Palace aynan qaerga qulashinini stansiya Yerga yetishidan biror soat oldingina aniqlash mumkin bo‘ladi.

Bu esa xavf ostidagi insonlarni vaqtida ogohlantirish ishini mushkullashtiradi.

XS
SM
MD
LG