Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:33

Singapur mamlakatdagi avtomobillar sonini cheklaydi


Singapur (illyustrativ surat).
Singapur (illyustrativ surat).

Singapur rasmiylari keyingi yildan boshlab mamlakatdagi xususiy avtomobillar soniga chek qo‘yilishini, ommaviy transport vositalari soni esa oshirilishini e’lon qildilar.

Mamlakatda hozirda avtomobillar va mototsikllar soni yiliga 0,25 foizga o‘sishi mumkin. Ammo keyingi yildan boshlab xususiy mashinalar soni o‘sishi butunlay to‘xtatiladi.

Aholisi 5,6 million kishi bo‘lgan shahar-mamlakat Yer yuzida avtomobil sotib olish eng qimmat bo‘lgan davlatlardan biridir. Singapurda avtomobillar ayrim hollarda g‘arb mamlakatlariga solishtirganda besh barobarga qimmat turadi.

Avtomobillar soniga qo‘yilgan cheklovlar tufayli Singapur ko‘chalari tirband bo‘lmaydi.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, 2016 yil oxirida mamlakatda 600 ming xususiy avtomobil bo‘lgan.

Ayni damda yo‘llar shahar-mamlakat hududining 12 foizini tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG