Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:25

Bakiyev ustidan sud to‘xtagan joyidan davom etadi


Kyrgyzstan -- Akhmat Bakiev, former president's brother, in a military court in Bishkek, 12Jan2011
Kyrgyzstan -- Akhmat Bakiev, former president's brother, in a military court in Bishkek, 12Jan2011
Bugun Bishkekda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev, unga yaqin bo‘lgan sobiq amaldorlar hamda maxsus "Alfa" guruhi jangchilari ustidan to‘xtab qolgan sud jarayoni qayta tiklanadi.

Tilga olinganlar o‘tgan yil 7 aprel kungi voqealar munosabati bilan sudlanmoqda.

Bakiyev hamda 5 amaldor sirtdan sudlanmoqda. Ular 7 aprel kuni Bishkekda, Hukumat binosi oldidagi maydonda yig‘ilgan namoyishchilarni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. O‘sha kuni 87 kishi o‘lgan, yuzlab kishi yaralangan edi.

Bishkekdagi Sport saroyida boshlangan sud jarayoni noyabr oyida, saroyga kiravyerishda portlash yuz bergani tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.
XS
SM
MD
LG