Eron va “Hizbulloh”ning Isroilga hujumi 24-48 soat ichida boshlanishi mumkin. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken G7 tashkilotidagi ittifoqchilari bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qildi, deya xabar berdi Axios nashri uch manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda.
Nashr qaydicha, Blinken G7 anjumanini Eron va “Hizbulloh”ga diplomatik bosim o‘tkazish urinishida ittifoqchilar xatti-harakatini muvofiqlashtirish uchun chaqirgan.
Bundan tashqari, Ynet nashrining yozishicha, agar Eron tomonidan hujum muqarrar degan fikrga kelinsa, Isroil Eronga preventiv zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.