Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:04

Blinken Isroilga 20 mlrd dollarlik uchoq va aslaha yetkazib berilishini ma’qulladi


AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 13-avgust kuni Isroilga umumiy qiymati 20 milliard dollardan oshgan qiruvchi uchoqlar hamda boshqa harbiy texnika va aslahalar sotilishini ma’qulladi. Bu haqda Pentagon ma’lumot tarqatdi.

AQSH Mudofaa vazirligi bayonotida uchoqlar va ularning butlovchi qismlari qiymati taqriban 19 milliard dollarga yetishi aytilgan. Shuningdek, Isroilga sotilishi taklif qilingan 774 million dollarlik tank snaryadlari va 583 million dollarlik harbiy avtomobillar ham ma’qullangan. Tank snaryadlari xaridorga yetkazib berilishi bilan foydalanishga hozir holatda bo‘ladi.

AQSH Isroilni qat’iyat bilan dastaklagan, chunki uning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisi G‘azo sektorida urush olib bormoqda. Mazkur urush boshlanishiga, Reuters agentligining yozishicha, HAMAS guruhi (AQSH va YIda terror tashkilot deb tan olingan) jangarilari o‘tgan yilning 7-oktyabrida Isroil janubiga hujumi sabab bo‘lgan.

Isroilga qurol-aslaha yetkazib berilishini ma’qullash barobarida Vashington G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishishga ham uringan. Bu muhtamalan Yaqin Sharqda yanada ko‘lamliroq urush oldini olishi mumkin edi.

XS
SM
MD
LG