Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:26

Blog: Ayyor sehrgar va sodda qo'ylar


"Yosh to'lqin" taxririyati: Bizning yana bir bloggerimiz bilan tanishing. Ismi Maysara, O'zbekiston poytaxti Toshkenti azimdan.

O‘rmon o‘rtasidagi yalanglikda bir sehrgar yashardi. Uning katta qo'y suruvi bor edi. U har kuni suruvdan bir qo'yni so‘yib yerdi. Har gal u suruvga yaqinlashar ekan, qo'ylar hammasi har tarafga qochib ketar, u bir qo'yni tutib olgach, qolgan qo'ylarni qaytadan yana suruvga yig‘ardi. O‘z o‘limi yaqinlashganini sezgan qo'y esa jon achchig‘ida ma‘rar, bu bilan boshqa qo'ylarni yanada qo‘rqitib yuborardi. Axiyri bu sehrgarning joniga tegib, bir hiyla o‘ylab topibdi. U har bir qo'y bilan alohida gaplashib, har biriga nimadir singdiribdi.

Biriga debdi: “Sen qo‘y emassan. Sen ham menga o‘xshagan odamsan. Hech narsadan qo‘rqma, chunki men faqat quylarni so‘yib yeyman. Sen esa odamsan, ya‘ni mening do‘stimsan”.

Ikkinchisiga esa: “Nega mendan boshqa qo'ylar kabi qochasan? Axir sen arslonsan va hech narsadan qo‘rqmaysan! Men esa faqat qo'ylarni tutaman, sen mening do‘stimsan”.

Uchinchisiga uqtiribdi: “Sen qo'y emas, bo‘risan! Men hurmat qiladigan bo‘risan, tushundingmi? Men avvalgidek har kuni bitta qo'yni tutib yeyman. Ammo sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi, axir sen mening qadrdonimsan”.

Har bir qo'yga uning o'zgachaligini uqtirgandan so'ng, sehrgar ularni bemamlol tutib yeydigan bo'ldi.
Shunday qilib, u har bir qo'yga har hil hayvonlar sifatini uqtiribdi. Barcha qo'ylar o‘zlarining suruvda boshqacha quylarga o‘xshamasligiga ishonishibdi. Natijada ularning harakatlari ham o‘zgaribdi. Sehrgar endi bemalol bir qo'yni tutib yer, boshqa qo'ylar esa o‘rmonga qochib ketishmasdi. “Ana, yana bir qo'yni tutib yeyishdi, menga – odam, arslon, bo‘ri, sehrgarning eng yaxshi do‘stiga buning aloqasi yo‘q. Qo‘rqishga hojat ham yo‘q”.

Hatto sehrgar tutgan quy ham qarshilik ko‘rsatmasdi. Chunki qo'yga yaqinlashgan sehrgar unga qarata: “Mening aziz do‘stim, anchadan beri sen bilan otamlashmadik. Yur, hovlida mazza qilib o‘tiramiz. Men sen bilan suruvdagi qo'ylar haqida gaplashib olishim kerak”, derdi. Bunday e‘tibordan g‘ururlanib ketgan qo'y sehrgarning orqasidan ergashardi. Sehrgar undan suruvda ishlar qanday ketayotgani haqida so‘rar, u ham barcha narsalarni quvonib so‘zlab berardi. Shundan so‘ng sehrgar uni suyib yuborardi. Qo'y hatto nima bo‘lganini tushunishga ulgurmasdi.

Sehrgar o‘zining o‘ylab topgan hiylasidan juda xursand edi. Endi u o‘rmon bo‘ylab qo'ylarni yig‘mas, o‘limga mahkum qo'y unga qarshilik ko‘rsatmasdi. Ular xotirjam o‘tlab yurishar va bundan quylarning go‘shti ham anchagina mazali bo‘lib qolgandi.

Hammadan qizig‘i shundaki, kimdir hiylani payqay boshlaganda bu haqda suruvning “bo‘ri”, “arslon”, “odam” qo'ylari sehrgarga bu haqda xabar berishardi. Buni eshitgan sehrgar ertasi kuni o‘sha “dono” quyni paqqos tushirardi...

PS. Xikoya o'ylab chiqilgan va undagi barcha o'xshashliklar tasodif...
XS
SM
MD
LG