Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:37

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani Qrimdan chiqib ketishga chaqirdi


Ukrainalik faollarning Xarkovdagi Rossiya bosh konsulligi tashqarisidagi namoyishi - Xarkov, 28 -avgust, 2014
Ukrainalik faollarning Xarkovdagi Rossiya bosh konsulligi tashqarisidagi namoyishi - Xarkov, 28 -avgust, 2014

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani Qrimdagi «vaqtincha okkupatsiyasi»ni tugatish hamda Ukrainaga qurol yuborishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Bajarish majburiy bo‘lmagan rezolyutsiya «Rossiya Federatsiyasini ishg‘ol etuvchi davlat sifatida zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz o‘z harbiy kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketishga hamda Ukraina hududidagi vaqtincha okkupatsiyasini kechiktirmasdan to‘xtatishga» undadi.

Shuningdek, rezolyutsiya Rossiyani «Ukraina hududiga» rivojlangan qurol tizimlarini, shu jumladan, yadroviy qurol tashishga qodir samolyot va raketa, qurol, o‘q-dori va harbiy xizmatchilarni yuborishni to‘xtatishga chaqirdi.

7 - dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida 63 mamlakat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. 17 mamlakat qarshi ovoz berdi, 62 mamlakat esa betaraf qoldi.

Rezolyutsiya 40 mamlakat, jumladan, Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Avstraliya, Kanada, Turkiya va Boltiqbo‘yi davlatlari tashabbusi bilan yozilgan edi.

Rossiya, Armaniston, Belarus, Kambodja, Xitoy, Kuba, Shimoliy Koreya, Eron, Qirg‘iziston, Laos, Myanma, Nikaragua, Serbiya, Sudan, Suriya, Venesuela va Zimbabve mamlakatlari esa rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.

Bosh Assambleya Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilib olinishi borasida boshqa rezolyutsiyalarni ham qabul qilgan. Tashkilot o‘tgan yili yarim orolda inson huquqlarini himoya qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Jeppar o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasining Qrim harbiylashtirilishga bag‘ishlangan virtual tadbirida qatnashib, «Qrim yarim orolida Rossiya bosqinchi davlat sifatida olib borayotgan harbiy faoliyati tufayli yuzaga kelgan katta tahdidlar» haqida gapirdi.

Moskva 2014 - yilning mart oyida Qrim yarim orolini bosib oldi. Natijada Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlar Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qildi. Shuningdek, Rossiya Sharqiy Ukrainadagi rossiyaparast bo‘lginchilarni dastaklab keladi. 2014 - yilning aprelidan beri Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlarda 13200 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat saqlanib qolmoqda.

O‘tgan haftada AQSh Davlat Kotibining o‘rinbosari Stiven Bigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) yig‘ilishida Rossiyani a’zo davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishda aybladi.

XS
SM
MD
LG